Янгиликлар
Yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta’lim va tarbiya, yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini yanada kuchaytirish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, yoshlarga yaratib berilgan imtiyozlar bo‘yicha keng tushuntirish berildi.
Shu bilan birga, Konstitutsiyamizda belgilangan inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari bo‘yicha tushuntirishlar berilib, huquqbuzarliklarni oldini olish, huquqbuzarliklar uchun jazo muqarrarligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi va Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Davra suhbati davomida yoshlarning taklif, mulohazalari tinglanib, ular tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
Ushbu tadbirdan asosiy maqsad yoshlarni huquqiy bilimlarini oshirib borish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish bo‘yicha mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirishdan iboratdir.