Янгиликлар
Buxoro viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil yanvar oyidagi eng yaxshi xodimi aniqlandi
Buxoro viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil yanvar oyidagi eng yaxshi xodimi aniqlandi.
Xabaringiz bor, viloyat adliya boshqarmasi jamoa orasidan eng yaxshi xodimni aniqlab, rag‘batlantirib bormoqda. An'anaga ko‘ra, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi Moliya-iqtisod sho'basi boshlig'i yanvar oyi uchun oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.
Yadgarov Shohrux Tolibovich mehnat faoliyatini 2014-yilda boshlagan. 2023-yil sentabr oyidan boshlab Moliya-iqtisod sho'basi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Yadgarov Shohrux Tolibovichni ushbu e'tirof bilan tabriklaydi. Uning kelgusidagi ishlarida omad va rivoj tilaydi!