Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Adliya vazirligi tashabbusi bilan mahallalarda yoshlar uchun kutubxonalar tashkil qilinmoqda


Bugun, 9-fevral kuni Alisher Navoiyning 583-yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi yana bir maʼrifiy tashabbusni boshlab berdi.

 Vazirlik tomonidan respublika boʻyicha tuman va shaharlardagi 4-sektorda joylashgan mahallalarda yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etish loyihasiga start berildi.

Loyihadan koʻzlangan maqsad mamlakatimizda yoshlar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, ularda kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishni orttirish va intellektual salohiyatini oshirishga boʻlgan intilishni qoʻllab-quvvatlashdir.

Aksiya doirasida Prezident asarlari, oʻzbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 100 turdan ortiq kitob toʻplamlari mahallalarga yuborildi. Tizimdagi rahbar va xodimlar ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatladilar.

Xususan, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi A.Raxmatov tomonidan Olot tuman “Dilkor” mahallasida kutubxona ochilishi tadbirida ishtirok etib, Adliya boshqarmasi jamoasi nomidan “ziyo_ulash” chellenji doirasida mahallaga 300 dan ortiq kitoblar sovgʻa qilindi. Tadbirda taniqli shoir va yozuvchilar, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.

Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar boʻsh vaqtini unumli oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Kitoblar bilan birga kerakli jihozlari, kitob javonlari, kompyuter jamlanmalari taqdim etildi.

Ushbu loyiha doirasidagi ishlar boshqa hududlarda ham davom ettiriladi.

Adliya organlari va muassasalari xodimlari yangi anʼanani boshlab berdi, uni xohlagan kishi davom ettirishi mumkin. Siz ham mahallangizga ziyo ulashib, kutubxonalar tashkil qilishda oʻz hissangizni qoʻshishingiz mumkin. 

Barcha yurtdoshlarimizni “ziyo_ulash” chellenjida ishtirok etishga taklif qilamiz!