Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o'tkazildi


Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yosh fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ro‘yobga chiqarishni ta’minlaydigan zarur shart-sharoitlarni yaratish, jamiyat hayotida ularning o‘rni va faolligini oshirish, sog‘lom va barkamol yosh avlodni tarbiyalash, yoshlarning bilim va kasb-hunar egallashi, ular uchun munosib ish va turmush sharoitini yaratish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Kogon shahar hokimligida viloyat soliq, viloyat adliya boshqarmalari, viloyat milliy gvardiyasi rahbarlari hamkorligida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida otaliqqa olingan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Ochiq muloqot davomida so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, Konstitutsiya va qonunning ustunligi, inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari haqida hamda yoshlarga davlat tomonidan yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishi, yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning taʼlim olishga, sogʻligʻini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga boʻlgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratilganligi keng tushuntirildi.

Tadbirnining maqsadi yoshlarni kasbga yo‘naltirish, hayotda o‘z munosib o‘rnini topishga ko‘maklashish, ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, ularni milliy qadriyat va an'analarga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarda vatanparvarlik, mardlik va jasurlik tuyg‘ularini, huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir