Янгиликлар
Buxoro viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil fevral oyidagi eng yaxshi xodimi aniqlandi
Xabaringiz bor, viloyat adliya boshqarmasi jamoa orasidan eng yaxshi xodimni aniqlab, rag‘batlantirib bormoqda. An'anaga ko‘ra, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy axborot bo'yicha sho'basi bosh maslahatchisi fevral oyi uchun oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.
Raxmanov Behzod Baxshilloyevich mehnat faoliyatini 2021-yilda Buxoro tuman adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti lavozimidan boshlagan. 2022-2023-yillar davomida boshqarmaning turli lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2023-yil oktabrdan boshlab Buxoro viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy axborot bo'yicha sho'basi bosh maslahatchisi lavozimida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Raxmanov Behzod Baxshilloyevichni ushbu e'tirof bilan tabriklaydi. Uning kelgusidagi ishlarida omad va rivoj tilaydi!