Янгиликлар
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2024-yil 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan ma’lumot.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2024-yil 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar umumlashtirilib, tahlil qilindi.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2024-yil 1-choragi davomida 1023 ta ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan.
Kelib tushgan murojaatlarning 922 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 480 ta murojaat yoki 52 foizi qanoatlantirilgan.
Boshqarma rahbariyati va tuman (shahar) adliya bo‘lim xodimlarining shaxsiy qabullarida 2024-yil 1-choragi davomida jami 531 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.
Shuningdek, boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlarining jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joyida hal etish maqsadida I va II yarim yilligi davomida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilish jadvallari tasdiqlangan.
Tashkil etilgan sayyor qabullar jarayonida jami 329 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.
Shaxsiy va sayyor qabullarda qabul qilingan jami 531 ta murojaatlarning 349 ta murojaat qanoatlantirildi, 132 ta marojaat bo‘yicha murojaat muallifiga huquqiy tushuntirish berildi hamda 21 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha vakolatli tashkilotga ko‘rib chiqish uchun yuborildi.
Bundan tashqari, murojaatlarning ko‘rib chiqish ahvoli yig‘ilishlarda tanqidiy muhokama qilinib, bu borada natijadorlikni yanada oshirish choralari ko‘rib borilmoqda.
Boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga kelib tushgan va qanoatlantirilgan murojaatlarni, shuningdek murojaatlar davomida eng ko‘p uchrayotgan qonun buzilishi holatlarining kelib chiqish sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar matbuotda va rasmiy veb-saytlarda keng yoritib borilmoqda.
Shuningdek, ijobiy hal qilingan va qanoatlantirilgan murojaatlar doimiy ravishda televidenie, radio, ijtimoiy tarmoqlar, bosma va boshqa elektron ommaviy axborot vositalarida yoritilib borilmoqda.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid jami 182 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 181 tasi hal etilgan bo‘lib, 18 tasi qanoatlantirilgan.
Notariat va advokatura organlari sohasida jami 83 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan 61 tasi notariat sohasida, 20 tasi advokatura va 2 tasi boshqa sohalarda hisoblanadi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid 3 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 2 tasi hal etilgan bo‘lib, ularga huquqiy tushuntirish berilgan.
Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid 18 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 15 tasi hal etilgan bo‘lib, ularga huquqiy tushuntirish berilgan.
Boshqa sohada 38 tasi ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan bo‘lib, ularning 37 tasi hal etilgan va 9 tasi qanoatlantirilgan hamda 28 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Inson huquqlarini himoya qilish sohasida jami 575 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 500 tasi hal etilgan bo‘lib, 372 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 74% ni tashkil qiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 50 ta taqdimnoma, 51 da’vo arizasi, 19 ta ma’muriy taklif kiritilgan. Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 6 nafar xodim intizomiy, 19 nafar xodim ma’muriy javobgalikka tortilib, 2 935 842 277 so‘m undirilishi ta’minlangan. Shuningdek, 51 ta hujjat bekor qilinishi ta’minlandi. Mazkur sohadagi tahlil, murojaatlarni ijtimoiy himoyaga doir qonunlar ijrosi masalalari yuzasidan, mehnat nizolari yuzasidan, yer va uy-joyga doir qonun hujjatlari yuzasidan ko‘pligini ko‘rsatdi.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid jami 124 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 105 tasi hal etilgan bo‘lib, 71 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 68% ni tashkil qiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 3 taqdimnoma, 17 da’vo arizasi, 11 ta ma’muriy taklif kiritilgan. Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 1 nafar xodim intizomiy, 11 nafar xodim ma’muriy javobgalikka tortilib, 5 744 321 267 ming so‘m undirilishi ta’minlangan. Shuningdek, 5 ta hujjat bekor qilinishi ta’minlandi. Mazkur sohadagi tahlil murojaatlarning yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan va soliq sohasiga oid masalalarda ko‘pligini namoyon etdi.