Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Adliya vaziri o'rinbosari Buxoro viloyatidagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishdi


Adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev viloyatning Romitan tumanidagi to‘qimachilik va issiqxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar faoliyatini o‘rgandi.

Xususan, “Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasida tashkil etilgan “Jo‘shqin zamini kelajagi” fermer xo‘jaligi tomonidan yetishtirilayotgan mahsulotlarning eksportini amalga oshirish bo‘yicha mavjud muammolar tahlil qilindi.

Ma’lumot uchun: “Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-iyuldagi PQ-3843-son qaroriga asosan zamonaviy issiqxona, bog‘dorchilik va uzumchilik xo‘jaliklari uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda erkin iqtisodiy zonada 169,7 mln. dollarlik 174 ta loyihalar ishga tushirilgan va 4400 nafar fuqarolar ish bilan ta’minlangan.

Shuningdek, paxta tolasini qayta ishlab, ularni eksporti bilan shug‘ullanuvchi “Rometeks Claster” MChJ vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvlar davomida tadbirkorlik sub’ektlariga yaratilgan imkoniyatlar va qonunchilik hujjatlari bilan berilgan imtiyozlar haqida batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida mavjud muammolar o‘rganilib, ularni qonuniy hal qilish yuzasidan hududiy adliya bo‘limiga tegishli topshiriqlar berildi.