Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Yoshlar o'rtasida sayyor qabul tashkil etildi


Yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish, yoshlarni kasbga, hunarga o‘rgatish, ularning bandligi ta’minlash, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan joriy yilning 13-mayidan 13-iyuniga qadar respublikamizda “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasiga start berilib, joylarda sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda.

Ana shunday sayyor qabul Peshku va Romitan tumanlarida tashkil etilib, yoshlarni kasbga yo‘naltirish, hayotda o‘z munosib o‘rnini topishga ko‘maklashish, ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, ularni milliy qadriyat va an'analarga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarda vatanparvarlik, mardlik va jasurlik tuyg‘ularini, huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirgan holda o‘tkazildi.


Dastlab, Peshku tumanida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan yoshlarning muammolarini hal qilish maqsadida yoshlar bilan uchrashib, 10 nafardan ortiq yoshlarga murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan bo’lsa, o‘rganish talab etiladigan 8 ta murojaat alohida nazoratga olinib, 10 nafarga yaqin yoshlarga joyida davlat xizmatlari ko’rsatlishi ta’minlandi.


Shu bilan birga, Romitan tuman 1-son kasb hunar maktabi binosida viloyat adliya boshqarmasi, tuman adliya bo’limi, ichki ishlar bo’limi probatsiya guruhi va tuman bandlikka ko’maklashish markazi hamkorligida yoshlarga hamda probatsiya nazoratidagi yoshlarga mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, Konstitutsiya va qonunning ustunligi, inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari haqida hamda yoshlarga davlat tomonidan yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishi, yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning taʼlim olishga, sogʻligʻini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga boʻlgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratilganligi, ularga jinoyatga jazo muqarrarligi tushuntirilib kelajakda jamiyatimizga kerakli kadrlar boʻlib, xalqimizga xizmat qiladigan yetuk yoshlar boʻlishlari tushuntirilib, yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlarda toʻgʻri foydalanish bo'yicha tushunchalar berilib, 10 nafardan ortiq yoshlarni hunarga, to‘garaklarga jalb qilinish ta’minlandi hamda probatsiya nazoratidagi 1 nafar yoshni kasbga o‘qitish bo‘yicha yo‘llanma berilib, 3 nafari ish bilan ta’minlandi.

Bunday huquqiy aksiyalar viloyatimizning barcha tuman,shaharlarida amalga oshirilib kelinmoqda.