Янгиликлар
Farmon yuzasidan seminar o'tkazildi
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat adliya boshqarmasi apparati xodimlari hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlari rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimi shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntish yuzasidan amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda Farmon bilan belgilangan adliya organlarining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishlari, adliya organlari faoliyatini hududlarda samarali tashkil etish hamda huquqiy xizmatlar qamrovini yanada oshirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlarining qo‘shimcha vazifalari, aholiga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish hamda yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan himoyalash va boshqa muhim masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ushbu seminarlar orqali nafaqat viloyat darajasida, balki tuman (shahar) adliya bo‘limlarida ham barcha xodimlarni o‘qitish ishlarini tashkil etilib belgilab olindi.