Янгиликлар
Yangi Farmon mazmun-mohiyati yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 28-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi PF-80-son Farmonining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek jurnalist va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanida fuqarolarning huquq va erkinliklariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash, ularga koʻrsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar koʻlamini kengaytirishda adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish maqsadida qabul qilingan Farmonning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga batafsil tushuntirib berildi.
Xususan, adliya organlarining qoʻshimcha 4 ta yangi faoliyat yoʻnalishlari belgilanganligi, tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 6 ta yangi vazifalar yuklatilganligi, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, qonunchilik hujjatlarini ijrochilarga yetkazish bo‘yicha yangi tizim joriy etilganligi hamda Farmonning boshqa muhim jihatlari amaliy misollar asosida yoritildi.
Matbuot anjumani yakunida jurnalist va blogerlarning berilgan savollariga javoblar berildi, shuningdek hamkorlikdagi rejalar ham muhokama qilindi.