Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Qorako'lda sayyor qabul o'tkazildi


Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari Sh.Bahronov tomonidan bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilish huquqiy aksiyasi doirasida Qorako'l tuman "Yangi Turmush" MFYda sayyor qabul o'tkazdi.

Qabulda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirib o'tildi.


Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi PF-80-son Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204-son qarori keng tushuntirildi.

Sayyor qabulda fuqarolarning uy-joy va kadastr masalasi, ish bilan ta'minlash, FHDY va boshqa turdagi murojaatlar ko'rib chiqilib, 10 ga yaqin murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan bo'lsa, 7 dan ortiq fuqarolarga joyida davlat xizmatlari ko'rsatildi hamda o‘rganib chiqish muddat talab etadigan 7 ta murojaatlar alohida nazoratga olinishi ta’minlandi.