Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i M.Isayev "Huquqiy targ’ibot kuni" doirasida Jondor tumanidagi mahalla va mehnat jamoalarida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etdi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi PF-80-son Farmoniga asosan joylarda "Huquqiy targ’ibot kuni" loyihasi tashkil etilmoqda.

Xususan, Jondor tumanidagi "Romish” MFY, tuman tibbiyot birlashmasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limida o‘tkazilgan sayyor qabul va huquqiy targ‘ibot tadbirlarida jami 100 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, ularga yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarori mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi hamda qonunchilik yuzasidan tayyorlangan buklet va flayerlar tarqatildi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida fuqarolar muammolarini joyida hal etishga e‘tibor qaratilib, uy-joy, kadastr, soliq masalasi va FHDY sohasiga oid boshqa murojaatlar o‘rganib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilindi.