Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Aholi muammolari o'rganilmoqda


Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda “Adliya kuni” va “Huquqiy targ‘ibot kuni” loyihalari doirasida sayyor qabullar va uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari o‘rganilmoqda.

Xususan, boshqarma rahbariyati tomonidan Jondor, Peshku, Qorako‘l, Romitan, Vobkent, Kogon, Buxoro tumanlari va Buxoro shahrida o‘tkazilgan sayyor qabullar va huquqiy targ‘ibot tadbirlarida jami 600 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etib, ularga zarur huquqiy maslahatlar berildi.

Bu borada asosiy e’tibor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarori mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi, ta’lim, tibbiyot, obodonlashtirish tizimi xodimlari orasida tushuntirishga qaratilmoqda.

Sayyor qabullarda fuqarolar muammolarini joyida hal etishga alohida e‘tibor qaratilib, uy-joy, kadastr, soliq, bolalar nafaqasi, meros, pensiya va FHDY sohasiga oid murojaatlar o‘rganib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilindi, aholiga 80 ga yaqin sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Aholini qiynab kelayotgan huquqiy muammolarni o‘rganish yuzasidan 600 dan ortiq xonadonlarda, eng avvalo ehtiyojmand aholi oilalarida uyma-uy yurish orqali 100 ga yaqin masalalar aniqlanib, huquqiy yechim topishga ko’maklashilmoqda.