Янгиликлар
Mahallalarda aholi muammolari o‘rganilmoqda
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda “Adliya kuni” va “Huquqiy targ‘ibot kuni” loyihalari doirasida sayyor qabullar va uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari o‘rganilib kelinmoqda.
Xususan, boshqarma rahbariyati tomonidan Kogon, Peshku, Qorako‘l, G’ijduvon, va Qorovulbozor tumanlari o‘tkazilgan sayyor qabullar va huquqiy targ‘ibot tadbirlarida jami 500 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, ularga zarur huquqiy maslahatlar berildi.
Bu borada asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarori mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi, ayniqsa, ta’lim, tibbiyot, obodonlashtirish va boshqa mehnat tashkilotlari tizimi xodimlari orasida tushuntirishga qaratilib kelinmoqda.
Sayyor qabullarda fuqarolar muammolarini joyida hal etishga alohida e‘tibor qaratilib, uy-joy, kadastr, soliq, bolalar nafaqasi, moddiy yordam, nafaqa tayinlash, meros, pensiya va FHDY sohasiga oid murojaatlar o‘rganib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilinib, joylarda aholiga 100 ga yaqin sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishi ta’minlandi.
Shu bilan birga, “Mahalla yettiligi" bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda mahallalarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishilib, mavjud muammolar va takliflar mas'ullar ishtirokida muhokama qilindi.