Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2024-yil I yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan ma’lumot.


Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2024-yil I yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar umumlashtirilib, tahlil qilindi.

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2024-yil I yarim yilligi davomida 2 149 ta ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 1 938 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 1 078 ta murojaat yoki 56 foizi qanoatlantirilgan.

Boshqarma rahbariyati va tuman (shahar) adliya bo‘lim xodimlarining shaxsiy qabullarida 2024-yil I yarim yilligi davomida jami 450 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.

Shuningdek, boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlarining jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joyida hal etish maqsadida I va II yarim yilligi davomida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilish jadvallari tasdiqlangan.

Tashkil etilgan sayyor qabullar jarayonida jami 868 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.

Shaxsiy va sayyor qabullarda qabul qilingan jami 1 318 ta murojaatlarning 835 ta murojaat qanoatlantirildi, 403 ta marojaat bo‘yicha murojaat muallifiga huquqiy tushuntirish berildi hamda 43 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha vakolatli tashkilotga ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

Bundan tashqari, murojaatlarning ko‘rib chiqish ahvoli yig‘ilishlarda tanqidiy muhokama qilinib, bu borada natijadorlikni yanada oshirish choralari ko‘rib borilmoqda.

Boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga kelib tushgan va qanoatlantirilgan murojaatlarni, shuningdek murojaatlar davomida eng ko‘p uchrayotgan qonun buzilishi holatlarining kelib chiqish sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar matbuotda va rasmiy veb-saytlarda keng yoritib borilmoqda.

Shuningdek, ijobiy hal qilingan va qanoatlantirilgan murojaatlar doimiy ravishda televidenie, radio, ijtimoiy tarmoqlar, bosma va boshqa elektron ommaviy axborot vositalarida yoritilib borilmoqda.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid jami 345 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 342 tasi hal etilgan bo‘lib, 71 tasi qanoatlantirilgan.

 

Notariat va advokatura organlari sohasida jami 158 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan 103 tasi notariat sohasida, 45 tasi advokatura va 15 tasi boshqa sohalarda hisoblanadi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid 10 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 10 tasi hal etilgan bo‘lib, ularga huquqiy tushuntirish berilgan.

Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid 37 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 33 tasi hal etilgan bo‘lib, ularga huquqiy tushuntirish berilgan.

Boshqa sohada 77 tasi ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan bo‘lib, ularning 72 tasi hal etilgan va 24 tasi qanoatlantirilgan hamda 48 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Inson huquqlarini himoya qilish sohasida jami 1 263 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 1 087 tasi hal etilgan bo‘lib, 795 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 73% ni tashkil qiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 77 ta taqdimnoma, 141 ta da’vo arizasi, 28 ta ma’muriy taklif kiritilgan. Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 13 nafar xodim intizomiy, 25 nafar xodim ma’muriy javobgalikka tortilib, 14 664 890 920 so‘m undirilishi ta’minlangan. Shuningdek, 54 ta hujjat bekor qilinishi ta’minlandi. Mazkur sohadagi tahlil, murojaatlarni ijtimoiy himoyaga doir qonunlar ijrosi masalalari yuzasidan, mehnat nizolari yuzasidan, yer va uy-joyga doir qonun hujjatlari yuzasidan ko‘pligini ko‘rsatdi.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid jami 259 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 244 tasi hal etilgan bo‘lib, 162 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 66% ni tashkil qiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 10 taqdimnoma, 38 da’vo arizasi, 14 ta ma’muriy taklif kiritilgan. Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 1 nafar xodim intizomiy, 14 nafar xodim ma’muriy javobgalikka tortilib, 7 235 883 712 so‘m undirilishi ta’minlangan. Shuningdek, 11 ta hujjat bekor qilinishi ta’minlandi. Mazkur sohadagi tahlil murojaatlarning yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan va soliq sohasiga oid masalalarda ko‘pligini namoyon etdi.