Янгиликлар
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman shahar (adliya) bo‘limlari tomonidan 2024-yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida M A ‘ L U M O T
Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Hukumat qarorlari ijrosini ta’minlash, qonunchilik ijodkorligi va huquqni qo‘llash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta’minlash, jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonunchilikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha davlat organlari faoliyatini hamda notariat va advokatura organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlashga yo‘naltirilgan samarali mexanizmlardan foydalanish, bu sohadagi ishlarni doimiy tahlil qilish tizimi yo‘lga qo‘yilib, bir qator ishlar amalga oshirildi.
I. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2024-yil 9 oyi davomida 4 621 ta ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan.
Kelib tushgan murojaatlarning 4 269 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 2 646 ta murojaat yoki 62 foizi qanoatlantirilgan.
Bundan tashqari, 1 623 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan, 228 ta murojaat tegishligiga ko‘ra boshqa idora va tashkilotlarga yuborilgan.
II. Joylarda o‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha:
Viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan inson huquqlarini himoya qilish, huquqni qo‘llash amaliyoti va yuridik xizmatlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlar munosabatlariga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishini yaxshilash maqsadida belgilangan ish rejaga asosan doimiy ravishda joylarda o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan jami 509 ta taqdimnoma, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 584 ta taklif va 643 ta ogohnoma kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomalarga asosan intizomiy javobgarlikka tortilgan shaxslar soni 99 tani tashkil qilgan. 593 ta shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
III. Sudlarga kiritilgan da’vo arizalar bo‘yicha:
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2024-yil 9 oyi davomida fuqarolar manfaatini ko‘zlab, ularning buzilgan qonuniy huquqlarini tiklash, moddiy va ma’naviy zararlarni undirish to‘g‘risida sudlarga kiritilgan 292 ta 18 mlrd. 728 mln. 325 ming 094 so‘mlik davo arizalar sudlar tomonidan qanoatlantirilgan.
IV. Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘yicha:
Hisobot davrida mazkur soha bo‘yicha jami 12 ta idora faoliyati o‘rganildi. 44 ta idoralarning statistik hujjatlari va 43 ta normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilindi. Shundan, 15 tasini qonun hujjatlari, 11 tasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, 15 tasini Vazirlar Mahkamasining qarorlari, 2 tasini Hukumat bayonnomasi tashkil etdi.
Hisobot davrida 43 ta qonun hujjatlarining ijrosi tahlil qilinib, o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar natijasida 12 marotaba davlat organlari va tashkilotlariga tahliliy ma’lumotlar kiritildi.
Shuningdek, joriy yilda viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan sohaga oid jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida 1 marta so‘rovnomalar o‘tkazilib, unda 130 nafar fuqarolarning ishtiroki ta’minlandi. So‘rovnomalar yakuni bo‘yicha tegishli tartibda vazirlikka axborot berildi.
Shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 9 ta takliflar ishlab chiqilib, vazirlikka tegishli tartibda taqdim qilingan.
V. Boshqarmaning nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi faoliyati bo‘yicha:
Nodavlat notijorat tashkilotlar reestrida 30.09.2024-yil holatida jami 612 ta nodavlat notijorat tashkiloti ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 437 tasi davlat ro‘yxatidagi va 175 tasi hisob ro‘xatidagi tashkilotlar tashkil etadi. 118 ta diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur tashkilotlarning 108 tasi islomiy va 10 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.
VI. Normativ-huquqiy hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish faoliyati bo‘yicha:
2024-yil 9 oyi davomida adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jami 85 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan bo‘lib ularning, 50 tasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, 35 tasi esa belgilangan talablarga rioya qilinmay taqdim qilinganligi sababli qaytarilgan.
Hisobot davrida mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlari rasmiy nashrlarda e’lon qilindi.
VII. Yuridik xizmatlar faoliyati bo‘yicha:
Adliya vazirining tegishli buyruqlari asosida 2024-yil oyi davomida jami 6 nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berildi.
Shuningdek, 16 nafar yuridik xizmat xodimi suhbatdan o‘tkazilib, ularning barchasi suhbatdan o‘tkazilgan deb topildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi “Yuridik xizmatlar faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-2733-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlarining ma’lumotlar bazasi tanqidiy qayta ko‘rib chiqilib, tahlil qilindi.
Shuningdek, 18 nafar yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan o‘tkazildi, shundan 13 nafari attestatsiyadan o‘tgan deb topilib, tegishli guvohnomalar berildi.
VIII. Huquqiy xizmatlar sohasida:
Viloyatda faoliyat yuritayotgan notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, notariat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, notarial harakatlar maxfiyligi va notarius qasamyodiga rioya qilinishi nazoratni ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 156-son qarori bilan tasdiqlangan “Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-son qarori bilan tasdiqlangan “Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomlar talablari asosida jami 69 marotaba nazorat tadbirlari amalga oshirildi.
Mazkur oʻrganishlar natijasi yuzasidan Buxoro viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi taqdimnomalar kiritilib, malaka komissiyasining qaroriga asosan jami 26 nafar notariusning litsenziyalari to‘xtatish to‘g‘risida qarori qabul qilindi.
Bundan tashqari, huquqiy xizmatlar bo’limi tomonidan 2024-yil oyi davomida professional mediatorlar reestriga kirish istagini bildirib viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilgan talabgorlarning 20 nafari professional mediatorlar reestriga kiritildi.
IX. Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha:
Buxoro viloyatdagi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali 2024-yil oyi davomida 647 132 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.
Markazlar hamda ularning filiallari tomonidan viloyatning olis hamda aholi gavjum joylarda sayyor tarzda 32 950 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.
FHDY organlari tomonidan 33 959 ta tug‘ilish, 9 909 ta nikohni qayd etish, 1 779 ta nikohdan ajraganlik, 7 101 ta o‘lim qayd etilgan. Shuningdek, hisobot davrida 1 139 ta otalikni belgilash hamda 170 ta farzandlikka olish amalga oshirilgan.
Hisobot davrida xalqaro huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida kelib tushgan 296 ta so‘rovnomalar ko‘rib chiqib, hal qilingan.
X. Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sohasida:
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini davlat xizmatini ko‘rsatilishi sohasida nazorat qilish bo‘yicha 4 ta tashkilotlarda o‘rganish hamda 12 marotaba elektron tizim orqali monitoringlar o‘tkazilgan.
O‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida bir qator qonun buzilishlari aniqlangan va aniqlangan qonun buzilishlari yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarga 30 ta taqdimnoma kiritilgan. Shuningdek, qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ygan aybdor mansabdor shaxslarning 247 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Qonun hujjatlari talablarini buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarga 91 ta ogohnomalar kiritilgan.
Vakolatli davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda turli davra suhbatlari va seminarlari o‘tkazilgan hamda davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini buzilishi ko‘p uchrayotgan tashkilot rahbarlari bilan individual tartibda suhbatlar o‘tkazilgan. O‘tkazilgan davra suhbatlarida tuman (shahar) miqiyosidagi tashkilotlarning davlat xizmatini ko‘rsatish borasidagi muammolari va elektron tizim bilan bog‘liq muammolarni hal qilish yuzasidan ushbu tashkilotlarning viloyat tashkilotiga еtkazilishi ta’minlangan.
XI. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida:
Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasiga oid jami 48 ta murojaatlar kelib tushgan va ularga asosan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida jami 33 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan jami 21 ta taqdimnoma, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 12 ta taklif kiritilgan. Kiritilgan taqdimnomalarga asosan 5 ta xizmat ko‘rsatish belgilari hamda 16 ta rasmiy saytdan muallifning roziligisiz joylashtirilgan badiiy adabiyotlarning elektron nusxalari bartaraf etilgan. 10 ta shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bo‘lim tomonidan 80 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarga tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha axborot dasturlari orqali talabnoma topshirilishiga ko‘maklashildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2022-yildagi PQ-221-sonli qarori bo‘yicha intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarga rioya etilishini ta’minlash va kontrafakt maxsulotlar realizatsiyasining oldini olish maqsadida 42 ta profilaktik kuzatuv va monitoring tadbirlari o‘tkazildi.
O‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish, mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish ma’muriy hamda jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi shuningdek tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari, sanoat mulkiga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari haqida 2 ta gazetada maqola e’lon qilinib, ommaviy axborot vositalari orqali 7 marta chiqishlar qilindi.
Shuningdek, kontrafakt mahsulotlar, asl mahsulotlardan ularni farqlash, ularning zararlari to‘g‘risida 4 ta ijtimoiy roliklar tayyorlanib, ommaviy axborot vositalari orqali keng ommaning e’tiboriga etkazildi.
XII. Jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot faoliyati bo‘yicha:
2024-yil oyi davomida boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar va tahlillar natijasida qonunchilikni takomillashtirish maqsadida qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Adliya vazirligiga jami 176 ta taklif kiritilgan.
Viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlarning faoliyat sohalariga oid qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida qabul qilib olinishi va o‘z tarkibiy bo‘linmalariga еtkazishlari maqsadida hududiy adliya organlari tomonidan 715 ta normativ huquqiy-hujjat (O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 73 ta, Prezident farmoni 64 ta, Prezident qarori 159 ta, Vazirlar Mahkamasi qarori 247 ta, Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarning buyruq va qarorlari 161 ta, Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari 11 ta) tegishliligiga ko‘ra elektron shaklda еtkazilishi ta’minlandi.
Adliya organlari tomonidan 2024-yil oyi davomida jami 28 118 marotaba huquqiy targ‘ibot ishlari olib borilgan bo‘lib (adliya bo‘limlari 24 847 marotaba, boshqarma bo‘limlari 3 271 marotaba), shundan 1 453 tasini ommaviy axborot vositalari orqali (adliya bo‘limlari 1251 ta, boshqarma bo‘limlari 202 ta, shundan 455 ta televidenie, 416 ta radio va radiouzellar, 269 ta gazeta va jurnallarda hamda 313 ta electron nashrlarda), 5954 ta ijtimoiy tarmoqlarda, 20 024 tasini og‘zaki huquqiy targ‘ibot (adliya bo‘limlari 18 519 ta, boshqarma bo‘limlari 1 505 ta, shundan 3 621 ta ma’ruza, 2 488 ta davra suhbati, 1 260 marta seminar va 1 2292 ta uyma-uy yurish) tadbirlarni tashkil etdi.