Янгиликлар
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2024-yilning 9 oyi davomida davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan ma’lumot.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2024-yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar umumlashtirilib, tahlil qilindi.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2024-yil 9 oyi davomida 4 621 ta ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan.
Kelib tushgan murojaatlarning 4 269 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 2 646 ta murojaat yoki 62 foizi qanoatlantirilgan.
Boshqarma rahbariyati va tuman (shahar) adliya bo‘lim xodimlarining shaxsiy qabullarida 2024-yil 9 oyi davomida jami 836 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.
Shuningdek, boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlarining jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joyida hal etish maqsadida I va II yarim yilligi davomida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilish jadvallari tasdiqlangan.
Tashkil etilgan sayyor qabullar jarayonida jami 1 583 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.
Shaxsiy va sayyor qabullarda qabul qilingan jami 2 419 ta murojaatlarning 1 588 ta murojaat qanoatlantirildi, 734 ta marojaat bo‘yicha murojaat muallifiga huquqiy tushuntirish berildi hamda 93 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha vakolatli tashkilotga ko‘rib chiqish uchun yuborildi.
Bundan tashqari, murojaatlarning ko‘rib chiqish ahvoli yig‘ilishlarda tanqidiy muhokama qilinib, bu borada natijadorlikni yanada oshirish choralari ko‘rib borilmoqda.
Boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga kelib tushgan va qanoatlantirilgan murojaatlarni, shuningdek murojaatlar davomida eng ko‘p uchrayotgan qonun buzilishi holatlarining kelib chiqish sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar matbuotda va rasmiy veb-saytlarda keng yoritib borilmoqda.
Shuningdek, ijobiy hal qilingan va qanoatlantirilgan murojaatlar doimiy ravishda televidenie, radio, ijtimoiy tarmoqlar, bosma va boshqa elektron ommaviy axborot vositalarida yoritilib borilmoqda.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid jami 532 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 501 tasi hal etilgan bo‘lib, 171 tasi qanoatlantirilgan.
Notariat va advokatura organlari sohasida jami 259 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan 158 tasi notariat sohasida, 68 tasi advokatura va 33 tasi boshqa sohalarda hisoblanadi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid 12 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 12 tasi hal etilgan bo‘lib, ularga huquqiy tushuntirish berilgan.
Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid 53 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 49 tasi hal etilgan bo‘lib, ularga huquqiy tushuntirish berilgan.
Boshqa sohada 162 tasi ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan bo‘lib, ularning 144 tasi hal etilgan va 43 tasi qanoatlantirilgan hamda 101 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Inson huquqlarini himoya qilish sohasida jami 3 052 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 2 788 tasi hal etilgan bo‘lib, 2 005 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 72% ni tashkil qiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 109 ta taqdimnoma, 172 ta da’vo arizasi, 38 ta ma’muriy taklif kiritilgan. Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 25 nafar xodim intizomiy, 36 nafar xodim ma’muriy javobgalikka tortilib, 17 241 216 152 so‘m undirilishi ta’minlangan. Shuningdek, 75 ta hujjat bekor qilinishi ta’minlandi. Mazkur sohadagi tahlil, murojaatlarni ijtimoiy himoyaga doir qonunlar ijrosi masalalari yuzasidan, mehnat nizolari yuzasidan, yer va uy-joyga doir qonun hujjatlari yuzasidan ko‘pligini ko‘rsatdi.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid jami 549 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 528 tasi hal etilgan bo‘lib, 388 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 73% ni tashkil qiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 15 taqdimnoma, 59 da’vo arizasi, 15 ta ma’muriy taklif kiritilgan. Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 2 nafar xodim intizomiy, 15 nafar xodim ma’muriy javobgalikka tortilib, 8 137 105 425 so‘m undirilishi ta’minlangan. Shuningdek, 27 ta hujjat bekor qilinishi ta’minlandi. Mazkur sohadagi tahlil murojaatlarning yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan va soliq sohasiga oid masalalarda ko‘pligini namoyon etdi.