Янгиликлар
23
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 22-oktabr sanasida “Ishga marhamat” monomarkazida ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan “Huquqiy koʻmak” aksiyasi o‘tkazildi.
Mazkur qabul davomida ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslar hamda boshqa fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning muammolari tinglandi, savollariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, ayrimlarining muammolari oʻrganish uchun ish bilan ta’minlash, uy-joy subsidiyasi ajratishga oid murojaatlar ish yurituvga olindi. Shuningdek, qabul davomida ushbu toifadagi shaxslarga qonunchilikda boʻlayotgan oʻzgarishlar, ularga berilgan imtiyozlar hamda saylov jarayoni haqida batafsil maʼlumotlar berildi.