Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

RASMIY MUNOSABAT


“Bukhara best” telegram ijtimoiy tarmog‘iga joriy yilning 5-yanvar kuni (soat 16:27)da joylashtirilgan murojaat Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganilib, quyidagilar ma’lum qilinadi.

Bugungi kunda Buxoro shahar Davlat xizmatlari markazi binosi ichida fuqarolardan to‘lovlarni qabul qilish maqsadida 2 nafar tadbirkorlik subyektlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi o‘rtasida tuzilgan tegishli shartnomaga asosan 2 ta kassa (Paynet xizmati) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, Markazning kirish eshigi yonida AT Milliy bankning “Bank xizmatlari markazi” joylashgan bo‘lib, fuqarolarga kassa xizmati ko‘rsatib kelinmoqda.

Shu bilan birgalikda, markaz binosi atrofidagi (50-300 metr masofada) 6 ta tijorat banklari faoliyat yuritmoqda.

Bundan tashqari, davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun tegishli to‘lovlarni “Click”, “Payme” va boshqa elektron to‘lov tizimlari orqali qabul qilish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, bu haqdagi ma’lumotlar Markazda fuqarolarga ko‘rinarli joylarda joylashtirilgan.

To‘lovlarni qabul qilishdagi yaratilgan imkoniyatlar raqobat muhitini shakllantirib, fuqarolarga to‘lovlarni o‘zlari xohlagan shakl, usul va joyda to‘lash imkonini beradi.

Buxoro shahar Davlat xizmatlari markazi binosidagi videokuzatuv kameralari tahlil qilinganda, kassa xizmatini ko‘rsatayotgan shaxslar joriy yil
4-yanvar kuni soat 13-00 dan keyin tushlikka chiqqanligi, soat 12-50 dan 13.00 gacha kassada navbatlar bo‘lmaganligi, Markazning navbatchi xodimlari soat 13-00 dan 14-00 ga qadar jami 50 ga yaqin xizmatlar ko‘rsatganligi, biroq ushbu vaqtda binodagi kassa xodimlari tushlikka chiqqanligi sababli soat
14-00 larda kassalarda 4-5 kishidan iborat navbat yuzaga kelganligi kuzatilgan.

Murojaatdan kelib chiqib, Buxoro shahar Davlat xizmatlari markazi binosidagi mavjud bo‘sh joy va ehtiyojni o‘rgangan holda qo‘shimcha kassani joriy qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.