Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida M A ‘ L U M O T


Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Hukumat qarorlari ijrosini ta’minlash, qonunchilik ijodkorligi va huquqni qo‘llash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta’minlash, jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonunchilikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha davlat organlari faoliyatini hamda notariat va advokatura organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlashga yo‘naltirilgan samarali mexanizmlardan foydalanish, bu sohadagi ishlarni doimiy tahlil qilish tizimi yo‘lga qo‘yilib, bir qator ishlar amalga oshirildi.

I. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2024-yil davomida 19 007 ta ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 17 923 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 14 399 ta murojaat yoki 80 foizi qanoatlantirilgan.

Bundan tashqari, 3 524 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan, 347 ta murojaat tegishligiga ko‘ra boshqa idora va tashkilotlarga yuborilgan.

II. Joylarda o‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha:

Viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan inson huquqlarini himoya qilish, huquqni qo‘llash amaliyoti va yuridik xizmatlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlar munosabatlariga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishini yaxshilash maqsadida belgilangan ish rejaga asosan doimiy ravishda joylarda o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan jami 665 ta taqdimnoma, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 646 ta taklif va 702 ta ogohnoma kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalarga asosan intizomiy javobgarlikka tortilgan shaxslar soni 127 tani tashkil qilgan. 747 ta shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

III. Sudlarga kiritilgan da’vo arizalar bo‘yicha:

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2024-yil davomida fuqarolar manfaatini ko‘zlab, ularning buzilgan qonuniy huquqlarini tiklash, moddiy va ma’naviy zararlarni undirish to‘g‘risida sudlarga kiritilgan 367 ta 21 mlrd. 331 mln. 528 ming 003 so‘mlik davo arizalar sudlar tomonidan qanoatlantirilgan.

IV. Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘yicha:

Hisobot davrida mazkur soha bo‘yicha jami 12 ta idora faoliyati o‘rganildi. 54 ta idoralarning statistik hujjatlari va 49 ta normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilindi. Shundan, 15 tasini qonun hujjatlari, 14 tasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, 18 tasini Vazirlar Mahkamasining qarorlari, 2 tasini Hukumat bayonnomasi tashkil etdi.

Hisobot davrida 49 ta qonun hujjatlarining ijrosi tahlil qilinib, o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar natijasida 18 marotaba davlat organlari va tashkilotlariga tahliliy ma’lumotlar kiritildi.

Shuningdek, joriy yilda viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan sohaga oid jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida 1  marta so‘rovnomalar o‘tkazilib, unda 130 nafar fuqarolarning ishtiroki ta’minlandi. So‘rovnomalar yakuni bo‘yicha tegishli tartibda vazirlikka axborot berildi.

Shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 49 ta takliflar ishlab chiqilib, vazirlikka tegishli tartibda taqdim qilingan.

V. Boshqarmaning nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi faoliyati bo‘yicha:

Nodavlat notijorat tashkilotlar reestrida 31.12.2024-yil holatida jami 607 ta nodavlat notijorat tashkiloti ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 433 tasi davlat ro‘yxatidagi va 174 tasi hisob ro‘xatidagi tashkilotlar tashkil etadi. 118 ta diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur tashkilotlarning 108 tasi islomiy va
10 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.

VI. Normativ-huquqiy hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish faoliyati bo‘yicha:

2024-yil davomida adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jami 159 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan bo‘lib ularning, 107 tasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, 52 tasi esa belgilangan talablarga rioya qilinmay taqdim qilinganligi sababli qaytarilgan.

Hisobot davrida mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlari rasmiy nashrlarda e’lon qilindi.

VII. Yuridik xizmatlar faoliyati bo‘yicha:

Adliya vazirining tegishli buyruqlari asosida 2024-yil davomida jami 14 nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berildi.

Shuningdek, 27 nafar yuridik xizmat xodimi suhbatdan o‘tkazilib, ularning 21 nafari suhbatdan o‘tkazilgan deb topildi.

Bundan tashqari birinchi marta yuridik xizmat xodimi lavozimga birinchi marta tayinlangan 6 nafar yuridik xizmat xodimi adliya boshqarmasida belgilangan tartibda stajirovka o'tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi “Yuridik xizmatlar faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2733-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlarining ma’lumotlar bazasi tanqidiy qayta ko‘rib chiqilib, tahlil qilindi.

Shuningdek, 28 nafar yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan o‘tkazildi, shundan 22 nafari attestatsiyadan o‘tgan deb topilib, tegishli guvohnomalar berildi.

VIII. Huquqiy xizmatlar sohasida:

Viloyatda faoliyat yuritayotgan notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, notariat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, notarial harakatlar maxfiyligi va notarius qasamyodiga rioya qilinishi nazoratni ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 156-son qarori bilan tasdiqlangan “Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-son qarori bilan tasdiqlangan “Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomlar talablari asosida jami 96 marotaba nazorat tadbirlari amalga oshirildi.

Mazkur oʻrganishlar natijasi yuzasidan Buxoro viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi taqdimnomalar kiritilib, malaka komissiyasining qaroriga asosan jami 43 nafar notariusning litsenziyalari to‘xtatish to‘g‘risida qarori qabul qilindi.

Bundan tashqari, huquqiy xizmatlar bo’limi tomonidan 2024-yil oyi davomida professional mediatorlar reestriga kirish istagini bildirib viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilgan talabgorlarning 24 nafari professional mediatorlar reestriga kiritildi.

IX. Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha:

Buxoro viloyatdagi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali 2024-yil davomida 894 950 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Markazlar hamda ularning filiallari tomonidan viloyatning olis hamda aholi gavjum joylarda sayyor tarzda 56 706 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

FHDY organlari tomonidan 46 105 ta tug‘ilish, 14 956 ta nikohni qayd etish, 2 349 ta nikohdan ajraganlik, 9 465 ta o‘lim qayd etilgan. Shuningdek, hisobot davrida 1 556 ta otalikni belgilash hamda 224 ta farzandlikka olish amalga oshirilgan.

Hisobot davrida xalqaro huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida kelib tushgan 467 ta so‘rovnomalar ko‘rib chiqib, hal qilingan.

X. Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sohasida:

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini davlat xizmatini ko‘rsatilishi sohasida nazorat qilish bo‘yicha 10 ta tashkilotlarda o‘rganish hamda
27 marotaba elektron tizim orqali monitoringlar o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida bir qator qonun buzilishlari aniqlangan va aniqlangan qonun buzilishlari yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarga 38 ta taqdimnoma kiritilgan. Shuningdek, qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ygan aybdor mansabdor shaxslarning 325 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Qonun hujjatlari talablarini buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarga 92 ta ogohnomalar kiritilgan.

Vakolatli davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda turli davra suhbatlari va seminarlari o‘tkazilgan hamda davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini buzilishi ko‘p uchrayotgan tashkilot rahbarlari bilan individual tartibda suhbatlar o‘tkazilgan. O‘tkazilgan davra suhbatlarida tuman (shahar) miqiyosidagi tashkilotlarning davlat xizmatini ko‘rsatish borasidagi muammolari va elektron tizim bilan bog‘liq muammolarni hal qilish yuzasidan ushbu tashkilotlarning viloyat tashkilotiga еtkazilishi ta’minlangan.

XI. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida:

Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasiga oid jami 56 ta murojaatlar kelib tushgan va ularga asosan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida jami 47 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan jami 35 ta taqdimnoma, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 12 ta taklif kiritilgan. Kiritilgan taqdimnomalarga asosan
16 ta xizmat ko‘rsatish belgilari hamda 16 ta rasmiy saytdan muallifning roziligisiz joylashtirilgan badiiy adabiyotlarning elektron nusxalari bartaraf etilgan. 12 ta shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bo‘lim tomonidan 100 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarga tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha axborot dasturlari orqali talabnoma topshirilishiga ko‘maklashildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2022-yildagi PQ-221-sonli qarori bo‘yicha intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarga rioya etilishini ta’minlash va kontrafakt maxsulotlar realizatsiyasining oldini olish maqsadida 54 ta profilaktik kuzatuv va monitoring tadbirlari o‘tkazildi.

O‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish, mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish ma’muriy hamda jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi shuningdek tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari, sanoat mulkiga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari haqida 3 ta gazetada maqola e’lon qilinib, ommaviy axborot vositalari orqali 8 marta chiqishlar qilindi.

Shuningdek, kontrafakt mahsulotlar, asl mahsulotlardan ularni farqlash, ularning zararlari to‘g‘risida 6 ta ijtimoiy roliklar tayyorlanib, ommaviy axborot vositalari orqali keng ommaning e’tiboriga etkazildi.

XII. Jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot faoliyati bo‘yicha:

2024-yil davomida boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar va tahlillar natijasida qonunchilikni takomillashtirish maqsadida qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Adliya vazirligiga jami 225 ta taklif kiritilgan.

Viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlarning faoliyat sohalariga oid qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida qabul qilib olinishi va o‘z tarkibiy bo‘linmalariga еtkazishlari maqsadida hududiy adliya organlari tomonidan 1 012 ta normativ huquqiy-hujjat (O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 121 ta, Prezident farmoni 87 ta, Prezident qarori 211 ta, Vazirlar Mahkamasi qarori 351 ta, Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarning buyruq va qarorlari 242 ta) tegishliligiga ko‘ra elektron shaklda еtkazilishi ta’minlandi.

Adliya organlari tomonidan 2024-yil davomida jami 41 121 marotaba huquqiy targ‘ibot ishlari olib borilgan bo‘lib (adliya bo‘limlari 35 565 marotaba, boshqarma bo‘limlari 5 556 marotaba), shundan 2 008 tasini ommaviy axborot vositalari orqali (adliya bo‘limlari 1756 ta, boshqarma bo‘limlari 243 ta, shundan 637 ta televidenie, 583 ta radio va radiouzellar, 380 ta gazeta va jurnallarda hamda 408 ta electron nashrlarda), 7 422 ta ijtimoiy tarmoqlarda, 29 632 tasini og‘zaki huquqiy targ‘ibot (adliya bo‘limlari 27 056 ta, boshqarma bo‘limlari 2 576 ta, shundan 4 919 ta ma’ruza, 3 228 ta davra suhbati, 1 629 marta seminar va 19 856 ta uyma-uy yurish) tadbirlarni tashkil etdi.