Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2024-yil davomida davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan ma’lumot.


Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2024-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar umumlashtirilib, tahlil qilindi.

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2024-yil davomida 19 007 ta ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 17 923 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 14 399 ta murojaat yoki 80 foizi qanoatlantirilgan.

Bundan tashqari, 3 524 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan, 347 ta murojaat tegishligiga ko‘ra boshqa idora va tashkilotlarga yuborilgan.

Boshqarma rahbariyati va tuman (shahar) adliya bo‘lim xodimlarining shaxsiy qabullarida 2024-yil davomida jami 3 255 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.

Shuningdek, boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlarining jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joyida hal etish maqsadida I va II yarim yilligi davomida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilish jadvallari tasdiqlangan.

Tashkil etilgan sayyor qabullar jarayonida jami 4 427 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.

Shaxsiy va sayyor qabullarda qabul qilingan jami 7 682 ta murojaatlarning 6 317 ta murojaat qanoatlantirildi,      1 203 ta marojaat bo‘yicha murojaat muallifiga huquqiy tushuntirish berildi hamda 142 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha vakolatli tashkilotga ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

Bundan tashqari, murojaatlarning ko‘rib chiqish ahvoli yig‘ilishlarda tanqidiy muhokama qilinib, bu borada natijadorlikni yanada oshirish choralari ko‘rib borilmoqda.

Boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga kelib tushgan va qanoatlantirilgan murojaatlarni, shuningdek murojaatlar davomida eng ko‘p uchrayotgan qonun buzilishi holatlarining kelib chiqish sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar matbuotda va rasmiy veb-saytlarda keng yoritib borilmoqda.

Shuningdek, ijobiy hal qilingan va qanoatlantirilgan murojaatlar doimiy ravishda televidenie, radio, ijtimoiy tarmoqlar, bosma va boshqa elektron ommaviy axborot vositalarida yoritilib borilmoqda.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid jami 1 432 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 1 405 tasi hal etilgan bo‘lib, 873 tasi qanoatlantirilgan.

Notariat va advokatura organlari sohasida jami 352 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan 232 tasi notariat sohasida, 92 tasi advokatura va 28 tasi boshqa sohalarda hisoblanadi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid 12 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 12 tasi hal etilgan bo‘lib, ularga huquqiy tushuntirish berilgan.

Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid 63 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 55 tasi hal etilgan bo‘lib, ularga huquqiy tushuntirish berilgan.

Boshqa sohada 249 tasi ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan bo‘lib, ularning 240 tasi hal etilgan va 116 tasi qanoatlantirilgan hamda 124 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Inson huquqlarini himoya qilish sohasida jami 15 020 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 14 044 tasi hal etilgan bo‘lib, 11 870 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 84,5 % ni tashkil qiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 143 ta taqdimnoma, 212 da’vo arizasi, 52 ta ma’muriy taklif kiritilgan. Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 30 nafar xodim intizomiy, 52 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortilib, 23 790 854 497 so‘m undirilishi ta’minlangan. Shuningdek, 97 ta hujjat bekor qilinishi ta’minlandi. Mazkur sohadagi tahlil, murojaatlarni ijtimoiy himoyaga doir qonunlar ijrosi masalalari yuzasidan, mehnat nizolari yuzasidan, yer va uy-joyga doir qonun hujjatlari yuzasidan ko‘pligini ko‘rsatdi.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid jami 1 877 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 1 839 tasi hal etilgan bo‘lib, 1 461 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 79,4 % ni tashkil qiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 18 ta taqdimnoma, 80 ta da’vo arizasi, 17 ta ma’muriy taklif kiritilgan.Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 2 nafar xodim intizomiy, 17 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortilib, 9 057 405 942 so‘m undirilishi ta’minlangan. Shuningdek, 37 ta hujjat bekor qilinishi ta’minlandi. Mazkur sohadagi tahlil murojaatlarning yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan va soliq sohasiga oid masalalarda ko‘pligini namoyon etdi.