Янгиликлар
BUXOROLIK O‘QITUVCHI “ENG YAXSHI HUQUQ FANI O‘QITUVCHISI” TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI G‘OLIBI BO‘LDI.
Qorovulbozor tumanidagi 1-umumta’lim maktabining huquq va tarbiya fani o‘qituvchisi Mehriniso Norova Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “Eng yaxshi huquq fani o‘qituvchisi” tanlovining Respublika bosqichida munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qoʻlga kiritdi.
Mazkur tanlov umumiy o‘rta ta’lim maktablarida huquqiy bilimlarni targ‘ib qilish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida respublika miqyosida o‘tkazilib kelinadi.
Mahoratli va tashabbuskor o’qituvchi Mehriniso Norovani bu yutuq bilan tabriklaymiz.