Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Buxoro  viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolarga nikohni tantanali vaziyatda qayd etish jarayonida yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlarini hamkorlikka taklif etadi.


Viloyatning barcha tuman va shahar Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) bo‘limlarida nikohlanuvchi shaxslarning talabi (buyurtmasi) asosida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan bir martalik qo‘shimcha xizmatlar (fotosessiya, keytering, bezak ishlari va boshqalar) ko‘rsatilishiga ko‘maklashish rejalashtirilgan.

Mazkur xizmatlar amalga oshirilishi adliya organlari tomonidan amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuziladigan shartnomalarga asosan tashkil etiladi.

Hamkor tadbirkor bilan tuziladigan shartnomada quyidagilar nazarda tutiladi:

taraflarning huquq va majburiyatlari;

nikohlanuvchilar buyurtmasi asosida ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar tartibi;

xizmat ko‘rsatish jarayoni va shartlari;

FHDY bo‘limlari ko‘magida amalga oshirilgan xizmatlar uchun adliya organining byudjetdan tashqari mablag‘lar jamg‘armasiga o‘tkaziladigan belgilangan summa;

shartnomani bekor qilish asoslari va tartibi.

Shu munosabat bilan, barcha tadbirkorlik sub’ektlari mazkur yo‘nalishdagi tender tanlovida ishtirok etishga taklif etiladi.
Takliflaringizni 2025-yil 20-oktyabrigacha taqdim etishingiz mumkin. 
Batafsil ma’lumot va ishtirok shartlari yuzasidan Buxoro viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin.
Manzil: Buxoro  shahri, Yangiobod MFY, G'ijduvon ko‘chasi
Telefon: (65) 220-21-45
Elektron pochta: buxoro@adliya.uz