Янгиликлар
Ustama to‘lovlari to‘lanmay qolgan trenerning ustama pullari to‘lab berilishi ta’minlandi
Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi parayengil atletika trener lavozimida ishlovchi A.K qoʻshimcha ustama pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib Buxoro viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qiladi.
Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan murojaat o‘rganilganda, trenerga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 731-son qarori 7-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 12, 22, 24-bandlariga asosan murabbiyning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 140 foiz miqdorida toʻlanishi lozim boʻlgan ustama to‘lovlari toʻlanmay kelinganligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritildi.
Natijada, ushbu xodimga to‘lanmay qolgan 16 083 684 soʻm miqdordagi ustama toʻlovlari toʻlab berildi.