Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Buxoro viloyat adliya boshqarmasida “Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun ochiq muloqot tashkil etildi


Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining Buxoro viloyat bo‘linmasi hamda “Yuksalish” umummilliy harakatining Buxoro viloyati bo‘linmasi hamkorligida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida so‘nggi yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar, erishilayotgan yutuqlar hamda bu borada hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘RQ-1083-son Qonun asosida “Homiylik to‘g‘risida”, “Jamoat fondlari to‘g‘risida” hamda “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunlarga kiritilgan muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.