Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

QORAKO‘L TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI


  Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i M. Isayev tomonidan Qorako‘l tumani Paxtakor mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Ushbu tadbir aholining huquqiy madaniyatini oshirish, murojaatlarni joyida o‘rganish hamda tezkor yechimlarni ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

  Sayyor qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan turli masalalar bo‘yicha murojaatlari bilan ishtirok etishdi. Ularning har biri diqqat bilan tinglanib, tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa belgilangan tartibda ish yurituviga qabul qilindi.

  Tadbir doirasida aholiga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa muhim me’yoriy hujjatlar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Ushbu qonun aholi o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otgani bois, fuqarolarning ko‘plab savollariga amaliy misollar asosida javoblar taqdim etildi. 

  Shuningdek, sayyor qabul davomida 5 nafardan ortiq fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatildi, ularga zarur arizalar rasmiylashtirilib, joyning o‘zida tegishli ma’lumotlar taqdim qilindi. Bu esa davlat xizmatlarini aholi yashash joylariga yanada yaqinlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning amaliy tasdig‘i bo‘ldi.

  Qabul yakunida boshqarma boshlig‘i M. Isayev Qorako‘l tumanidagi Adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamda FHDYo bo‘limi faoliyati bilan tanishdi. Ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, mavjud sharoitlar va aholiga qulayliklar ko‘lami o‘rganildi. Aniqlangan muammo va kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularni bartaraf etish choralari belgilab olindi.