Янгиликлар
PQ-1-son Qaror ijrosi doirasida manzilli ishlar olib borilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ–1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Boshqarma boshlig‘i va boshqa mas’ullar tomonidan mahalla yettiligi bilan joylarda manzilli ishlash tashkil etildi.
O‘tkazilgan suhbat va uchrashuvlar davomida nizoli olilalar bilan ishlash, mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy muammolarni erta aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, aholi bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, mahalla yettiligi a’zolariga qarorda belgilangan vazifalar, ularning ijrosini ta’minlash mexanizmlari hamda adliya organlarining bu boradagi roli yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar kelgusida ham tizimli ravishda davom ettiriladi.