Янгиликлар
Yoshlar kuni doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Buxoro tumanida “Yoshlar kuni” doirasida tuman hokimi A. Ochilov hamda Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i M. Isayev ishtirokida ixtisoslashtirilgan maktabning bitiruvchi yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda yoshlarning ta’lim olishi, kasb tanlashi hamda ularning huquqiy bilimlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida yoshlar uchun yaratilayotgan huquqiy imkoniyatlar, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi hamda o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va savollar tinglanib, mutaxassislar tomonidan ularning mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.