Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Joriy yilning 12-martdan 12-apreliga qadar Respublika bo‘ylab “Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi.


Huquqiy aksiya doirasida xotin-qizlarning huquqiy muammolarini hal qilish hamda ularning huquqiy madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilishi ta’minlanadi;
Aksiya doirasida mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlaridan kelib chiqib, sayyor qabullar va boshqa tegishli tadbirlar tashkil etiladi;
Tashkil etiladigan tadbirlarga vakolatli tashkilotlar vakillari jalb etiladi;
Xotin-qizlarga ularning huquqlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar beriladi;
Ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan tegishli davlat organlariga murojaat qilish uchun ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatiladi;
Xotin-qizlar masalalari bilan bog‘liq davlat xizmatlari mahallalarda sayyor tartibda ko‘rsatiladi;
Davlat xizmatlari portallari — “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” dan foydalanish tartibi hamda bepul ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari turlari haqida aholiga tushuntirishlar beriladi;
Xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida huquqiy targ‘ibot materiallari (buklet, flayer va boshqalar) tayyorlanadi va tarqatiladi;
mahallalarda hamda ijtimoiy tarmoqlarda so‘rovnomalar tashkil etilib, fuqarolarning mavjud muammolari aniqlanadi;
o‘rganish natijalariga ko‘ra aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan qat’iy choralar ko‘riladi.

 Adliya vazirligi barcha fuqarolarni huquqiy oylikda faol ishtirok etishga chorlaydi!