Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

"Ochiq eshiklar kuni" tadbiri va matbuot anjumani o'tkazildi


"Ochiq eshiklar kuni” doirasida keng jamoatchilik va jurnalistlarga adliya boshqarmasi faoliyati haqida, jumladan, boshqarmaning sho‘balari, ularning vazifa va funksiyalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng 2025-yilda boshqarma va tuman (shahar) adliya bo'limlari tomonidan norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti, murojaatlar bilan ishlash, yuridik va jismoniy shaxslar manfaatini ko‘zlab sudlarga kiritilgan da’vo arizalari, sohalarda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari, Prezident qarorlari ijrosi, davlat xizmatlari faoliyati hamda huquqiy targ‘ibot yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda raqamli tahlillar asosida jurnalistlar orqali keng jamoatchilikka batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, tadbir davomida mediatsiya institutining afzalliklari, xususan nizolarni sudgacha tinch yo‘l bilan hal etish, vaqt va mablag‘ni tejash imkoniyatlari haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.