Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 220-21-45

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida yoshlar bilan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tizimli targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi


Dastlab, avtomaktabda yoshlar uchun yo‘l harakati xavfsizligi mavzusida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Unda malakali mutaxassislar tomonidan amaldagi yo‘l harakati qoidalari, haydovchi va piyodalarning huquq va majburiyatlari, yo‘llarda uchraydigan xavfli vaziyatlar hamda ularning oldini olish choralari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, maxsus trenajyor va simulyatorlar yordamida real yo‘l sharoitlariga yaqin holatlar modellashtirilib, yoshlarning to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qilish, yo‘l belgilariga amal qilish hamda xavfsiz harakatlanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari mustahkamlandi.

Mashg‘ulotlar davomida yo‘l-transport hodisalarining asosiy sabablari, tezlikni me’yoridan oshirish, e’tiborsizlik va qoidalarga bepisand munosabatning salbiy oqibatlari misollar asosida tushuntirilib, yoshlar ongida hushyorlik va mas’uliyat hissini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, interaktiv savol-javoblar, mini-testlar orqali ishtirokchilarning bilim darajasi aniqlashtirilib, to‘g‘ri javoblar asosida muhim qoidalar yana bir bor mustahkamlandi.

Tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatrida “3 ta chaqnoq ko’zim bor” nomli spektakl namoyish etildi. Mazkur sahna asari orqali yo‘l harakati qoidalariga amal qilishning ahamiyati, yo‘l chirog‘i ishoralarining mazmuni, piyodalar va haydovchilarning o‘zaro hurmati hamda mas’uliyati badiiy obrazlar vositasida sodda, tushunarli va ta’sirchan tarzda yoritildi.

Spektakl davomida yo‘l qoidalariga amal qilmaslik oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlar sahna ko‘rinishlari orqali ifodalanib, yosh tomoshabinlarda ogohlik, intizom va ehtiyotkorlikni shakllantirishga xizmat qildi. Shuningdek, sahna jarayonida tomoshabinlar bilan interaktiv muloqot o‘tkazilib, ularning mavzu yuzasidan bilim va tushunchalari mustahkamlandi.

Mazkur tadbirlar yoshlar ongida yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, intizomli va mas’uliyatli bo‘lishga undash, shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.