Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 220-21-45

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Matbuot anjumani o'tkazildi



Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2026-yil 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq faoliyat yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida adliya organlari tomonidan qonunchilik ijrosi, murojaatlar bilan ishlash, davlat xizmatlari ko‘rsatish, huquqiy targ‘ibot, sudlarga da’vo arizalari kiritish, shuningdek intellektual mulk huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Matbuot anjumanida murojaatlar bilan ishlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, fuqarolar bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yo‘lga qo‘yilgani, hududlarda tashkil etilgan sayyor qabullar davomida kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Matbuot anjumanida murojaatlar bilan ishlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, fuqarolar bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yo‘lga qo‘yilgani, hududlarda tashkil etilgan sayyor qabullar davomida kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.


Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘inlarining “Online-mahalla” elektron platformasi orqali yuborilayotgan murojaatlarini adliya organlarining elektron tizimi orqali qabul qilish, nazoratga olish va tezkor ko‘rib chiqish amaliyoti samarali natija berayotgani alohida ta’kidlandi.

2026-yil 1-choragi davomida adliya organlariga jami 1 184 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 989 tasi ko‘rib chiqilgan. Shundan 603 ta (60% foizi) murojaat qanoatlantirilgan, 386 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Fuqarolar manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudlarga da’vo arizalari kiritish ishlari ham izchil davom ettirilgan. Hisobot davrida jami 27 ta da’vo arizasi sudlarga kiritilgan.

Matbuot anjumanida adliya organlari tomonidan aholining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda fuqarolarga qulay va sifatli huquqiy xizmatlar ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.

Tadbir so‘ngida kenga jamoatchilik va OAV vakillari bilan savol javob o’tkazildi.