Янгиликлар
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi
Yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida Buxoro davlat universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Bahronov ishtirok etib, talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot qildi. Muloqot davomida yoshlarni qiziqtirgan masalalar muhokama qilinib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda huquqiy bilimlarni oshirishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytarilib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.