Янгиликлар
Buxoro viloyat adliya boshqarmasida seminar oʻtkazildi
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi, Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudi, sud boshqaruvchilari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va boshqa mas’ul idoralar xodimlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi “Toʻlovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-78-sonli Farmoni hamda “Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-172-sonli Qarori mazmun-mohiyati yuzasidan seminar yigʻilishi oʻtkazildi.
Ma’lumki soʻnggi yillarda mamlakatimizda ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqib toʻlovga qobiliyatsizlik institutini takomillashtirish va sohani bozor iqtisodiyoti talablariga mos holda tubdan isloh qilish yuzasidan tegishli qonunchilik hujjatlari qabul qilinmoqda.
Xususan, qabul qilingan Farmon va Qaror bilan sohada davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik agentligi va uning hududiy boʻlimlari tashkil etildi.
Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi tashkil etildi.
Endilikda qarzdor korxonalarni sudgacha sanasiya tizimini takomillashtirish hamda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarini kengaytiriladi.
Shuningdek, 2026-yil 1-dekabrdan boshlab toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini onlayn monitoring qilish imkonini beradigan Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasini ishga tushiriladi.
Seminar yigʻilishida soʻzga chiqqan ma’ruzachilar yigʻilish ishtirokchilariga qayd etilgan Farmon va Qaror mazmun-mohiyatini tushuntirar ekan toʻlovga qobiliyatsizlik intitutini yanada takomillashtirish va rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Zero, bozor iqtisodiyoti sharoitida toʻlovga qobiliyatsizlik institutining samarali amal qilishi haqiqatda iqtisodiy nochor ahvolga tushgan tadbirkorlik subyektlari va kreditorlarning huquqlarini himoya qilishga, bu esa oʻz navbatida mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.
Yigʻilishi soʻngida mas’ullar tomonidan yigʻilish ishtirokchilarining toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida qonunchilikni qoʻllash va amaliyotdagi mavjud muammolar yuzasidan berilgan savollarga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.