Янгиликлар
02
Buxoroda kitobsevar yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida Kogon shahar “Zirabod” mahallasida tashkil etilgan kitob mutolaasi tematik zonasi faoliyati bilan tanishildi hamda kitobsevar yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida yoshlarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, oliy ta’limga kirishdagi imtiyozlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, imtiyozli kreditlardan foydalanish, bandlikni ta’minlash hamda kasb-hunar egallashga qaratilgan davlat dasturlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaaning shaxs kamolotidagi o‘rni hamda huquqiy bilimlarni muntazam oshirib borishning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida yoshlarning savollariga javob berilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Faol ishtirok etgan yoshlarga kitoblar sovg‘a qilindi.
Tadbir yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.