Янгиликлар
Buxoro viloyat adliya boshqarmasida “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish: muammo va yechimlar” mavzusida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Tadbir Buxoro viloyat sudi, viloyat adliya boshqarmasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi hamda Biznes-ombudsman bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ochiq muloqotda 35 nafardan ortiq tadbirkorlik subyekti vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad - tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq nizolarni sud tartibida ko‘rib chiqishning o‘ziga xos jihatlari, qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar hamda tadbirkorlarni qiynayotgan dolzarb huquqiy muammolarni bevosita muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Muloqot davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va amaliyotda uchrayotgan real holatlar yuzasidan sudyalar tomonidan batafsil huquqiy tushuntirishlar oldilar.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan biznes muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish hamda sud jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha bir qator takliflar ilgari surildi.