Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
16.05.2022

Buxoro viloyat adliya boshqarmasida ichki tanlov o‘tkazish to‘g‘risida E’LON

Ichki tanlov o‘tkazilayotgan lavozimlar:

Hudud nomi

Lavozim

Adliya bo‘limi boshlig‘i

Davlat xizmatlari markazi boshlig‘i

1.

G‘ijduvon tumani

1

0

2.

Kogon shahar

0

1

3.

Qorovulbozor tumani

1

1

4.

Qorako‘l tumani

0

1

5.

Olot tumani

1

0

6.

Peshko‘ tumani

1

1

7.

Shofirkon tumani

1

0

8.

Jondor tumani

0

1

 

Ichki tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlarga qoʻyiladigan lavozim boʻyicha talablar;

· adliya boʻlimi boshligʻi lavozimiga – oliy yuridik maʼlumotga ega, ushbu mutaxassislik boʻyicha adliya organlari va muassasalarida kamida 3 yildan buyon ishlab kelayotgan, mehnat unumdorligi va samaradorlik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan xodimlar;

·davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga – oliy maʼlumotga ega, adliya organlari va muassasalarida kamida 3 yildan buyon ishlab kelayotgan, mehnat unumdorligi va samaradorlik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan xodimlari.

 

Mazkur talablar amalda ushbu lavozimda ishlayotgan xodimlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

Murojaat muddati va manzil:

      Nomzodlar 2022-yil 19-may kuni soat 18:00 qadar quyidagi hujjatlarni Buxoro viloyat adliya boshqarmasi Inson resurslari bo‘limiga taqdim etishlari so‘raladi:

Ariza - ichki tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar eʼlonda koʻrsatilgan muddatda komissiya kotibiga murojaat qiladi va komissiya kotibi ularni elektron reestrga kiritib qoʻyadi.

Nomzod tomonidan bir yil davomida amalga oshirgan ishlari qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha berilgan takliflari va tashabbuskorlik ishlari, statistik koʻrsatkichlari aks etgan ma’lumotlar.

 

Nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish mumkin.

 

Ma’lumot uchun telefon, 65-223-93-33, e-pochta buxoro@adliya.uz

·   Tanlov Buxoro viloyat adliya boshqarmasi yoki Buxoro viloyat yuridik texnikumi binosida o‘tkaziladi.

· Ichki tanlov jarayonlarini audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi.

·  Ichki tanlov o‘tkazish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.


Рўйҳатга қайтиш