Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshligʼi

Isayev Mirjon Zamirovich

Телефон:
(0-365) 223-21-20

Juma kuni soat 11.00dan 13.00gacha

1983-yilda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2003-yil Toshkent davlat yuridik institutini (bakalavr), 2013-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini (magistratura) tamomlagan, huquqshunos.

2003-2006 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi, yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi, 2006-2007-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish markazi katta maslahatchisi, yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi, 2007-2008-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamentining ichki xavfsizlik inspeksiyasi bosh inspektori, 2008-2011-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi bo‘limi boshlig‘i, 2011-2011-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish Xizmatining o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati masalalari bo‘yicha yetakchi konsultanti, 2011-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Tashkiliy-kadrlar xizmati fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan ishlash sho‘basi yetakchi inspektori, 2017-2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish xizmatining davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini mustahkamlash sho‘basi yetakchi konsultanti, bosh konsultanti, 2018-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini mustahkamlash sho‘basi mudiri, 2019-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini mustahkamlash masalalari bo‘yicha sho‘basi bosh konsultanti, 2023-2024-yillarda Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yurigan.

2024-yil 23-maydan Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i lavozimida ishlab kelmoqda

Должностные обязанности...

Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari

Bahronov Sherzod Xolmurodovich

Телефон:
(0-365) 223-21-20

Dushanba soat 10.00dan 12.00 gacha,payshanba soat 15.00dan 17.00 gacha

1986-yil 12-avgustda Buxoro viloyati G’ijduvon tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti – oliy, huquqshunos. 2006-yilda Toshkent davlat yuridik institute (bakalavr), 2008-yilda Toshkent davlat yuridik institute (magistratura), 2014-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2006-yilda Buxoro viloyat hokimligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi Romitan va Peshko' tumanlararo Davlat mehnat huquq inspektori lavozimidan boshlagan.

 

2007-2009-yillarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish markazi ish yurituvchi kotibi, katta maslahatchisi, yetakchi maslahatchisi

2009-2012-yillarda Buxoro viloyat adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi boshlig'i, boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari, 2012-2014-yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchisi, 2014-2017-yillarda       Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari, 2017-2020-yillarda Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i, 2020-2022-yillarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi direktorining o'rinbosari, 2022 yil 29 iyundan Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

Должностные обязанности

Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari

Xolov Qayim Ismatovich

Телефон:
(0-365) 221-21-80

Seshanba soat 10.00dan 12.00 gacha,juma soat 15.00dan 17.00 gacha,chorshanba soat 10.00dan 12.00 gacha,dushanba soat 15.00dan 17.00 gacha

1979 yilda Romitan tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos, 2003 yilda Toshkent davlat yuridik instituti tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2005-yilda Buxoro viloyat adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limi yetakchi maslahatchisi vazifasidan boshlagan, 2006-2010-yillarda Buxoro viloyat adliya boshqarmasi Jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha yetakchi maslahatchisi, 2010-2011-yillarda Buxoro viloyat adliya boshqarmasi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i, 2011-2014-yillarda Qonunchilikka rioya etishi ustidan nazorat qilish bosh boshqarmaning Buxoro viloyat hududiy bo‘limining boshlig‘i, 2014-yil avgust-dekabr oylarida Buxoro viloyat adliya boshqarmasining Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, 2014-2016-yillarda Buxoro viloyat adliya boshqarmasining Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i, 2016-2018-yillarda Tadbirkorlik sub’ektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish bo‘limi boshlig‘i, 2018-yil fevral-mart oylarida Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash sho‘basi mudiri, 2018-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2022-yil 23-may kunidan Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

Должностные обязанности