Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan Nizomda Adliya vazirligining jamiyat va davlat boshqaruvini takomillashtirishdagi roli belgilab berilgan.

Mazkur Nizom asosida hududiy adliya organining vazifa va funksiyalari ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasi
adliya vazirining
2018 yil 4 maydagi
133-um-son buyrug‘iga
2-ilova

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi to‘g‘risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ–3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Buxoro viloyat adliya boshqarmasining (bundan buyon matnda Boshqarma deb yuritiladi) huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek uning rahbarlarining funksional vazifalari va masʼuliyatini belgilaydi.

2. Boshqarma Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигининг (бундан буён матнда Вазирлик деб юритилади) ваколати доирасига кирувчи вазифаларни ўзи фаолият кўрсатаётган ҳудудда амалга оширувчи davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Boshqarma tizimiga Boshqarma tarkibiy bo‘linmalari, tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari, davlat notarial idoralari va notarial arxiv kiradi.

Boshqarma mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita Vazirlikka bo‘ysunadi.

Boshqarma, tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar hisoblanadi.

3. Boshqarma o‘zining faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizom, Vazirlik Hayʼatining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining (bundan buyon mantda Vazir deb yuritiladi) buyruqlari
va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

4. Boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlariga ega bo‘lishi mumkin.

5. Boshqarmaning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

to‘liq nomi – O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Buxoro viloyat adliya boshqarmasi, qisqartirilgan nomi – Buxoro viloyat adliya boshqarmasi
yoki Adliya boshqarmasi;

b) rus tilida:

to‘liq nomi – Ministerstvo yustitsii Respubliki Uzbekistan Upravleniye yustitsii Buxarskoy oblasti, qisqartirilgan nomi – Upravleniye yustitsii Buxarskoy oblasti yoki Upravleniye yustitsii;

v) ingliz tilida:

to‘liq nomi – Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan Bukhara region department of Justice, qisqartirilgan nomi – Bukhara region department of Justice yoki Department of Justice.

6. Boshqarma o‘z faoliyatini boshqa davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

II. Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari

7. Қуйидагилар Бошқарманинг асосий вазифалари ҳисобланади:

ягона давлат ҳуқуқий сиёсатини юритиш, ҳуқуқ ижодкорлиги фаолиятини мувофиқлаштириш ва самарадорлигини ошириш;

qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat tashkilotlari (bundan buyon matnda davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari) faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;

davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda taʼminlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish;

nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, ularning davlat organlari
va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish;

davlat organlari va tashkilotlari hududiy bo‘linmalarining yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy taʼminlash;

huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini yetkazish, aholining huquqiy savodsizligini yo‘q qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek davlat organlari va tashkilotlari hududiy bo‘linmalarining huquqiy targ‘ibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish;

huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash;

notariat va advokatura tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishini taʼminlash;

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;

yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, yurisprudensiya sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishni taʼminlash;

adliya organlari va muassasalari faoliyatida, birinchi navbatda aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda ishlashning innovatsion uslublarini joriy qilish.

8. Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) yagona davlat huquqiy siyosatini yuritish, huquq ijodkorligi faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirish sohasida:

конституциявий нормаларни амалга ошириш, инсон ҳуқуқлари
ва эркинликларини таъминлаш, жамиятда қонунга риоя этиш ва ҳурмат руҳини мустаҳкамлаш мақсадида ваколати доирасида ҳуқуқий сиёсатнинг устувор йўналишларини ишлаб чиқишда иштирок этади;

huquqiy bazani isloh qilishning o‘rta muddatli va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va o‘z vakolati doirasida ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;

huquqiy islohotlarni amalga oshirishda davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari faoliyatini boshqaradi va muvofiqlashtiradi;

davlat organlari va tashkilotlari hududiy bo‘linmalarining huquq ijodkorligi masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;

davlat organlari va tashkilotlari hududiy bo‘linmalarining huquq ijodkorligi faoliyatining monitoringi va tahlilini amalga oshiradi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarini tayyorlash va qabul qilish zaruriyati masalalari bo‘yicha oldindan kelishuvni amalga oshiradi;

маҳаллий давлат ҳокимияти органларининг норматив-ҳуқуқий ҳужжатлари лойиҳаларини қонунчиликка, халқаро шартномалар нормаларига, мамлакатда амалга оширилаётган ислоҳотларнинг мақсад ва вазифаларига, қонунчилик техникаси қоидаларига мувофиқлигини, уларни коррупцияга, бошқа ҳуқуқбузарликларни содир этишга шарт-шароит яратувчи, шунингдек жисмоний
ва юридик шахслар учун ортиқча маъмурий ва бошқа чекловларни жорий этувчи қоидалар ва нормаларни аниқлаш нуқтаи назаридан ҳуқуқий экспертизадан ўтказади;

o‘z tashabbusiga ko‘ra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi;

qonun hujjatlaridagi huquqiy nuqsonlarni, korrupsiyaga, boshqa huquqbuzarliklarni sodir etishga shart-sharoit yaratuvchi, shuningdek jismoniy
va yuridik shaxslar uchun ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklovlarni joriy etuvchi qoidalar va normalarni aniqlaydi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflarni mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;

Vazirning topshiriqlariga asosan mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlariga rasmiy sharhlarining loyihalari bo‘yicha xulosalar beradi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, eʼlon qilish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobini yuritish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobini yuritadi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlarining nazorat nusxalarini yuritadi, ularning bankini (fondini) shakllantiradi;

Boshqarma faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha tushuntirishlar beradi;

2) qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy rahbarlikni amalga oshirish sohasida:

qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkillashtirish masalalari bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalariga tushuntirishlar beradi va zarur ko‘makni amalga oshiradi;

davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari tomonidan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkillashtirilishi masalalari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqadi;

davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari tomonidan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi tashkillashtirilishining monitoringi va tahlilini olib boradi, ushbu sohadagi muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va Vazirlikka taqdim etadi;

davlat organlari va tashkilotlari hududiy bo‘linmalarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini taʼminlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;

davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalarida normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkillashtirish bo‘yicha ijro intizomiga rioya etilishini o‘rganadi, shu asosda Vazirlikka kiritish uchun axborot-tahlil hujjatlarni tayyorlaydi;

har yarim yil yakuni bo‘yicha tegishlicha viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga joylarda norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot beradi;

3) davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda taʼminlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish sohasida:

davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari faoliyatida normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyotini tahlil qiladi va o‘rganadi;

qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash faoliyati samaradorligi masalalari bo‘yicha o‘z hududida jamoatchilik fikrini o‘rganishni tashkil qiladi, natijasi bo‘yicha ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish maqsadida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni huquqiy tartibga solish yuzasidan xalqaro va xorijiy tajriba, ilmiy, tadqiqot ishlari natijalarini o‘rgangan holda qiyosiy tahlil qiladi;

aniqlangan qonun hujjatlari buzilishlarini, ularning sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish uchun huquqni qo‘llash amaliyotining umumlashtirish materiallarini davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalariga yo‘llaydi;

normativ-huquqiy hujjatlarni noto‘g‘ri yoki ziddiyatli tarzda qo‘llash amaliyotini, shuningdek huquqni qo‘llash amaliyotida huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon beruvchi salbiy omillar, sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘radi;

davlat organlari va tashkilotlari hududiy bo‘linmalarining huquqni qo‘llash faoliyatini tahlil qilish natijalari bo‘yicha qonun hujjatlarini yana-da takomillashtirishga oid takliflar tayyorlaydi;

normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash masalalari yuzasidan oʻz xulosasini shakllantiradi va davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalariga yetkazadi;

qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotini umumlashtiradi va tegishli soha faoliyatida davlat siyosatining amalga oshirilishi holatini tahlil qiladi, uning asosida huquqni qoʻllash faoliyatini takomillashtirish boʻyicha choralarni ishlab chiqadi;

4) nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, ularning davlat organlari
va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorligini tashkil qilishga koʻmaklashish sohasida:

nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning ramziy belgilarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini amalga oshiradi;

oʻzi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat reestrini yuritadi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga, ustav faoliyatiga, taʼsis hujjatlariga, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarga ajratilgan mablagʻlar, grantlar, boshqa moliyaviy va moddiy resurslardan oqilona
va maqsadli foydalanilishini taʼminlash boʻyicha choralar koʻradi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar faoliyatining qonuniyligini taʼminlash masalalari boʻyicha davlat organlari
va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlari, ustav faoliyati va taʼsis hujjatlari buzilishining oldini olish
va bartaraf qilishga qaratilgan choralar koʻradi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlar toʻgʻrisidagi kelib tushayotgan axborotlarni tahlil qiladi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishini kelishadi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning faoliyati haqidagi hisobotlarni qabul qiladi va tahlil qiladi;

nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlari buzilganda, ularning faoliyatini toʻxtatib qoʻyish yoki ularni tugatish toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydi va sudga koʻrib chiqish uchun kiritadi;

siyosiy partiyalarning ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratilgan davlat mablagʻlaridan maqsadli foydalanishini monitoring qiladi;

doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazish va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishni amalga oshiradi;

5) davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy taʼminlash sohasida:

davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazoratini amalga oshiradi;

davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining yuridik xizmatlari faoliyatini, ular tomonidan amalga oshirilayotgan huquqiy ishlar holatini oʻrganadi;

davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining yuridik xizmatlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablari buzilishlarini bartaraf etish, shuningdek aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortish boʻyicha choralar koʻradi;

davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining yuridik xizmatlari xodimlarini lavozimiga tayinlash va ozod qilishda ishtirok etadi;

davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining yuridik xizmatlariga huquqiy ishlarga oid koʻrsatmalar beradi;

davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalari yuridik xizmatlari xodimlarining malakasini oshirishni tashkil qiladi;

davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazadi va attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi;

davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining yuridik xizmatlari xodimlarining hisobini yuritadi;

davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari yuridik xizmatlarining maʼlumotlar bazasini shakllantiradi;

davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalari yuridik xizmatlari xodimlarining Boshqarma hamda tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlarida stajirovka oʻtashini tashkillashtiradi

davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining yuridik xizmatlari faoliyatini uslubiy jihatdan taʼminlashni amalga oshiradi;

davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining yuridik xizmatlari xodimlarining ish joyini moddiy-texnik jihatdan taʼminlashga qoʻyilgan minimal talablar bajarilishini oʻrganadi, bu boʻyicha tegishli choralarni koʻradi;

6) huquqiy targʻibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini yetkazish, aholining huquqiy savodsizligini yoʻq qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining huquqiy targʻibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish sohasida:

Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻyicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo kengashning hududiy komissiyalari ishini tashkil etadi;

davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalarida huquqiy targʻibot holatini tahlil qiladi, mazkur sohadagi ishlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

huquqiy savodsizlikni yoʻq qilishga, jamiyatda inson huquq va erkinliklariga xurmat munosabatini shakllantirishga qaratilgan aholining huquqiy ongi va xuquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish boʻyicha choralarni amalga oshiradi;

eng dolzarb, aholini qiziqtiradigan masalalarni belgilaydi va ular boʻyicha manzilli va predmetli huquqiy targʻibotni amalga oshiradi, aholiga qonun hujjatlari mazmuni, mohiyati va ahamiyatini yetkazish boʻyicha choralar koʻradi;

huquqiy targʻibotning innovatsion usullaridan keng foydalanishni, shu jumladan veb-texnologiyalarni qoʻllashni kengaytirishni taʼminlaydi;

vakolatli davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi va targʻibotini taʼminlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlaydi va ijrosini tashkil etadi;

vakolatli davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda qabul qilingan hujjatlarning norma va qoidalarini aholiga tushuntirish boʻyicha namunaviy hujjatlar yigʻindisini tayyorlaydi;

qonun hujjatlarining mazmuni va mohiyatini tushuntirib beruvchi materiallarni tayyorlaydi, ularni aholi oʻrtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻi orqali tarqatadi;

davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari vakillarini, nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda jamiyatda huquqiy bilimlarni targʻib qilishni tashkil etadi;

7) huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash:

davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanish imkoniyatini yaratish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, uslubiy rahbarlikni va nazoratni amalga oshiradi;

normativ-huquqiy hujjatlar va tegishli axborot-tahliliy materiallarning davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalariga oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlaydi;

huquqiy axborotni yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilishning dasturiy-texnik vositalari va texnologiyalari joriy etilishi yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalarini zarur normativ-huquqiy hujjatlar bilan taʼminlash choralarini koʻradi;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarini rasmiy manba orqali eʼlon qilinishi va rasmiy nashr etilishini tashkil etadi;

8) notariat va advokatura tizimining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash sohasida:

notariuslar tomonidan notariat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning ishini tahlil qiladi
va umumlashtiradi;

“Notarius” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining oʻz hududidagi davlat organlari va tashkilotlarining tumanlar (shaharlar) tuzilmalarining maʼlumotlar bazalari va axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan holda ishlashini nazorat qilib boradi;

notarial idoralarda ish yuritish qoidalariga, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalarga, notarial harakatlarni amaga oshirishda qonun hujjatlariga, tasdiqlovchi yozuvlar va guvohnomalarni roʻyxatga olish reestrlarini toʻgʻri yuritishda qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat va tahlil qiladi, notarius stajyori faoliyatini tashkil etadi;

notariuslardan statistik maʼlumotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda oladi, notarial harakatlar boʻyicha statistikani yuritadi;

notarial idoralarni tashkil etish va tugatish, notarius lavozimini taʼsis etish va tugatish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Vazirlikka takliflar kiritadi;

notariuslar lavozimlari umumiy sonini tasdiqlash va muayyan hududdagi (notarial okrugidagi) notariuslar lavozimlari sonini belgilash boʻyicha Vazirlikka takliflar kiritadi;

notariuslarning malakasini oshiradi, ularni attestatsiyadan oʻtkazish va boshqa joyga oʻtkazish (rotatsiya) boʻyicha belgilangan tartibda Vazirlikka takliflar kiritadi;

Boshqarma huzuridagi malaka komissiyalari ishini qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etadi;

notarial idoralarni qatʼiy hisobdagi gerbli (maxsus) blanklar, reestr kitoblari va kanselyariya mollari bilan taʼminlaydi;

notarial idoralarga beriladigan gerbli blanklarni hisobga oladi, saqlaydi, sarflanishining hisobini yuratadi va ular boʻyicha belgilangan tartibda Vazirlikka hisobot beradi;

pullik xizmatlar va notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlarni amalga oshirilganligi va xizmatlar koʻrsatilganligi uchun, shuningdek notarial arxivlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlangan hujjatlar dublikatlari, roʻyxatlardan koʻchirmalar, maʼlumotnomalar va arxiv hujjatlarining nusxalari berilganligi uchun toʻlovlarni toʻgʻri undirilishini nazorat qiladi;

notariuslar tomonidan kasb majburiyatlarining, shu jumladan notarial ish yurituv qoidalarining bajarilishi yuzasidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi, ularning ishini tahlil qiladi va umumlashtiradi;

jismoniy va yuridik shaxslarning notarial idoralar xodimlarining xatti-harakatlaridan norozi boʻlib qilgan murojaatlarini koʻrib chiqadi;

advokatlik tuzilmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasining faoliyatini kafolatlarini taʼminlashda vakolati diorasida koʻmaklashadi;

Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi bilan birgalikda malaka komissiyalari faoliyatini tashkil etish;

Ўзбекистон Республикаси Адвокатлар палатаси ҳудудий бошқармаси билан биргаликда Ўзбекистон Республикаси Адвокатлар палатаси ҳудудий бошқармаси ҳузуридаги малака комиссияси таркибини тасдиқлайди;

advokatlarga litsenziyalar berishni va advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, shuningdek yuridik maslahatxonalarni hisobga qoʻyishni amalga oshiradi;

Boshqarmada roʻyxatidan oʻtgan (hisobga qoʻyilgan) advokatlik tuzilmalarida ishlayotgan advokatlarning tegishli davlat reestrini yuritadi;

advokatlar malakasini oshirishda koʻmaklashadi;

advokatlarga qonun hujjatlariga muvofiq guvohnoma beradi;

advokatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek advokatlik tuzilmalari tomonidan taʼsis hujjatlariga, ustav faoliyatiga, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

advokatura faoliyati toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni oʻrganadi;

9) fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish boʻyicha choralarni amalga oshirish sohasida:

inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini doimiy ravishda tahlil qiladi va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari tomonidan inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Инсон ҳуқуқлари бўйича вакилининг (

ombudsman) mintaqaviy vakili va Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi bilan vakolati doirasida oʻzaro hamkorlik qiladi;

davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalarida inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi holati toʻgʻrisidagi axborot va materiallarni tahlil qiladi va umumlashtiradi, ularni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari tomonidan fuqarolarning oʻz huquqlari va erkinliklari buzilishi toʻgʻrisida qilgan murojaatlarini xolisona va har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, ularga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻradi;

vakolat doirasida inson huquqlari va erkinliklari buzilishi mumkin boʻlgan holatlar toʻgʻrisida axborot yigʻish va xalqaro shartnomalarda aks ettirilgan inson huquqlari va erkinliklari universal standart prinsiplarini hisobga olgan holda uni baholashni amalga oshiradi;

inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan oʻtkazilayotgan monitoring natijalarini oʻrganadi;

fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha choralar koʻradi;

10) yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, yurisprudensiya sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishni taʼminlash sohasida:

huquqiy taʼlimning holatini tahlil qiladi, uni yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining yuridik kadrlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlaydi, ularni hududdagi yuridik kollejlarda tayyorlash ishlarini tashkil etadi;

yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ishtirok etadi;

kadrlar ishini, yuristlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

kadrlar zaxirasini yaratadi, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va stajirovkadan oʻtishini tashkil etadi, Boshqarma va tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlariga kadrlar tanlovini amalga oshiradi va ularni joy-joyiga qoʻyadi;

11) adliya organlari va muassasalari faoliyatida, birinchi navbatda aholiga huquqiy xizmat koʻrsatish va davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda ishlashning innovatsion uslublarini joriy qilish sohasida:

ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatining zamonaviy yutuqlari asosida Boshqarma hamda tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish strategiyasini belgilash boʻyicha takliflar kiritadi;

elektron hukumat loyihalarini Boshqarma hamda tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlarida samarali amalga oshirilishini taʼminlaydi;

Boshqarma hamda tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan elektron hukumatni joriy qilish va rivojlantirish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;

Boshqarma rasmiy saytini Internet tarmogʻida rivojlantirish va modernizatsiya qilish boʻyicha choralarni amalga oshiradi.

Boshqarma qonun hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

III. Boshqarmaning huquqlari va javobgarligi

9. Boshqarma oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

1) davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari koʻrib chiqishi uchun qonun hujjatlarini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish masalalari boʻyicha takliflar kiritish;

2) davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalarida:

norma ijodkorligi faoliyati, huquqiy ishlar, yuridik xizmatlar faoliyati, normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazish holatini;

huquqni qoʻllash amaliyoti, fuqarolar huquqlarini taʼminlash boʻyicha qonun hujjatlari ijrosini, shu jumladan joylarga chiqan holda tekshirish;

3) nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlari va taʼsis hujjatlariga rioya qilinishi, shuningdek ularga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishini tekshirish;

4) mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat idoralari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga bajarilishi majburiy boʻlgan:

qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish, toʻxtatib turish (toʻliq yoki qisman) yoxud ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida;

ishlab chiqish muddatini koʻrsatgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish zarurligi toʻgʻrisida;

huquqni qoʻllash amaliyoti, fuqarolarning huquqlariga rioya qilish boʻyicha qonun hujjatlarini bajarish xolatini tekshirish davomida aniqlangan huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida;

davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining yuridik xizmati faoliyatida aniqlangan huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnomalarni kiritish;

5) nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatida aniqlangan qonun hujjatlari va taʼsis hujjatlari buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlariga, advokatlik tuzilmalariga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;

6) qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida mansabdor shaxslarini yozma ravishda ogohlantirish;

7) fuqarolarning qonuniy huquq va erikinliklari, yuridik xizmatlarni faoliyati sohasidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlari aniqlaganda hamda Boshqarma va tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlarining qonuniy talablari bajarilmaganda, aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;

8) davlat, yuridik va jismoniy shaxslar manfaatlarini koʻzlab sudlarga davlat boji toʻlamasdan arizalar va daʼvolarni kiritish;

9) normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida zarur statistik maʼlumotlarni, tahliliy materiallarni, hujjatlarni, boshqa axborotlarni, qarorlar va boshqa hujjatlarni, maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmlaridan bepul tarzda soʻrash va olish;

10) nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlardan axborot, hujjatlar va maʼlumotlar, shuningdek ularning rahbarlari va masʼul shaxslaridan tushuntirishlarni talab qilish va olish;

11) tekshirish oʻtkazish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻrganish, shuningdek Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash uchun davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari vakillarini chaqirish va jalb etish;

12) tekshirish va tahlil davomida aniqlangan holatlarga aniqlik kiritish maqsadida davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining mansabdor shaxslari hamda xodimlarini chaqirish, qonun hujjatlarining buzilishi holatlari yuzasidan ogʻzaki va yozma tushuntirishlar talab qilish;

13) davlatga tegishli Boshqarmaning va uning tizimidagi idoralarning mol-mulkini oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida bepul foydalanish huquqi bilan bir tarkibiy tuzilmadan boshqa tuzilmaga belgilangan tartibda oʻtkazish;

14) Boshqarma va uning tizimidagi idoralar xodimlari tomonidan oʻz sohasida ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlar bajarilishini hisobga olgan holda ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;

15) byudjetdan tashqari mablagʻlarni hamda Boshqarmaning depozit hisob raqamlarida joylashgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit raqamlarida milliy va xorijiy valyutada joylashtirish. Bunda, mablagʻlarni joylashtirishdan olingan daromad adliya organlari va muassasalarining byudjetdan tashqari hisob raqamalariga moddiy-texnik bazani, ijtimoiy rivojlantishga va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga yoʻnaltirgan holda oʻtkaziladi;

16) jismoniy va yuridik shaxslarning oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida murojaatlarni koʻrib chiqish;

17) Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalarni koʻrib chiqishda davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari hayʼat majlislarida ishtirok etish;

18) Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga advokatlarni intizomiy javobgarlikka tortish masalasini kiritish;

19) advokatlarga berilgan litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish;

20) yuridik xizmat xodimining attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida Vazirlikka taklif kiritish;

21) nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda (konferensiyalar, seminarlar, treninglar, yigʻilishlar, aksiyalar
va shu kabilarda) ishtirok etish;

22) nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan rejalashtirilgan tadbirlarni oʻtkazilishini taqiqlash yuzasidan qaror qabul qilish;

23) siyosiy partiyalarning ustavlarida nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisida taklif kiritish;

24) davlat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga rioya qilish sharti bilan tekshirishni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va materiallar bilan tanishish, davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlimanlarining elektron bazalaridan (banklaridan) foydalanish uchun xizmat guvohnomasini koʻrsatgan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmlari hududlari va binolariga kirish;

25) oʻz vakolati doirasida maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan xolatlar yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish.

Boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

10. Boshqarma:

oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli sohadagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;

oʻz faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini taʼminlash;

Vazirlikka kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Boshqarma tomonidan qabul qilinadigan qarorlar amalga oshirilishining sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;

huquqni qoʻllash amaliyotida aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish asosida oʻz hududida tegishli sohani rivojlantiriga doir takliflarni tayyorlash;

oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javobgardir.

IV. Boshqarma boshligʻining asosiy funksional majburiyatlari

11. Quyidagilar Boshqarma boshligʻining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:

1) Boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Vazirlik hujjatlari bilan Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

2) Boshqarma faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

3) Boshqarma xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida”gi PQ–2881-son qarori va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun Boshqarma xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

4) Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazir va uning oʻrinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;

5) Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;

6) Boshqarma mansabdor shahslarining vakolatlarini belgilash, Boshqarma faoliyatining alohida tarmoqlariga rahbarlik qilish uchun ularning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;

7) Boshqarma faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Boshqarmaning har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;

8) Boshqarmada kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, kadrlar zaxirasini shakllantirish;

9) Vazir nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek Boshqarmaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;

10) Boshqarma xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish
va intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha muntazam chora-tadbirlar koʻrish;

11) Boshqarma xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini taʼminlash;

12) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Boshqarmada korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

13) Boshqarma xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

14) Boshqarma faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek davlat xizmatlari samaradorligi, sifati
va ulardan erkin foydalanishni oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni koʻrib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;

15) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, muntazam ravishda shaxsiy, shu jumladan sayyor qabullar oʻtkazish;

16) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;

17) Boshqarma xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, ragʻbatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisida Vazirlikka takliflar kiritish;

18) davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash.

V. Boshqarma boshligʻining javobgarligi

12. Boshqarma boshligʻi:

Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

Boshqarmaning ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

VI. Boshqarma faoliyatini tashkil etish

13. Boshqarmaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Boshqarma boshligʻi boshchilik qiladi.

Boshqarma boshligʻining Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar oʻrinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.

14. Boshqarma boshligʻi boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari tomonidan, u boʻlmagan vaqtda esa Vazir buyrugʻiga asosan boshqa oʻrinbosar tomonidan amalga oshiriladi.

15. Boshqarmaning markaziy apparati boʻlimlari rahbarlari boshliq tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, qonun hujjatlari bilan belgilangan hollar bundan mustasno.

16. Boshqarmaning markaziy apparati boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizom boshliq tomonidan tasdiqlanadi, agar Vazir buyruqlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa.

17. Boshqarma Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, shu jumladan:

Vazirlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida xabar beradi;

belgilangan faoliyat sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻgʻrisida axborot taqdim etadi;

Boshqarma faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida ishda aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida xabar beradi;

oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Vazirlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;

Vazirlik vakolatiga taalluqli sohalardagi muammolarni hal qilishga qaratilgan takliflarni Vazirlikning markaziy apparatiga yuboradi;

davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari, kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻgʻrisida xabar beradi;

vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻgʻrisida maʼlumot beradi.

18. Vazirlik markaziy apparati va Boshqarmaning oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Vazirning topshirigʻiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar vazir oʻrinbosari tomonidan kelishmovchiliklarni tartibga solishning imkoniyati boʻlmasa, soʻnggi qaror bevosita vazir tomonidan qabul qilinadi.

19. Boshqarma oʻz vakolatlari doirasida davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari
va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.

Boshqarma tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro yaqin hamkorlik qiladi.

VII. Boshqarmaning hayʼati, boshqa kengash, maslahat,
ekspert organlari

20. Boshqarmada boshliq (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini  muvofiqlashtiruvchi tarkibiy tuzilmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.

Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi boshliqning taqdimnomasiga binoan Vazir tomonidan tasdiqlanadi.

21. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:

Boshqarma faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

qonun hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Xukumati qarorlarida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Boshqarma tizimidagi idoralar xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha choralarini koʻrgan holda tizimdagi idoralar rahbarlari hisobotlarining muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;

Boshqarma faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;

joylarda Boshqarma faoliyati sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilinishini taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan sayyor majlislari oʻtkazilishini tashkil etish, shuningdek yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Boshqarma markaziy apparati va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari, Vazirlik hayʼati va Vazirning qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Boshqarma rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.

Hayʼat Boshqarma vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqlidir.

22. Hayʼat majlisiga davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari, ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.

23. Hayʼat, agar uning majlisida hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

24. Hayʼat qarorlari boshliqning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.

25. Boshliq va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, boshliq yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham Vazirga oʻz fikrini xabar qilishi mumkin.

26. Hayʼat faoliyati tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.

27. Boshqarmada kengash, maslahat va ekspertlik organlari tuzilishi mumkin.

28. Boshqarma huzurida tuziladigan kengash, maslahat va ekspertlik organlari tarkibi va ular toʻgʻrisidagi nizomlar boshliq tomonidan tasdiqlanadi, ularning tarkibi va nizomlari Vazir buyruqlari bilan tasdiqlanadigan holatlar bundan mustasno.

VIII. Boshqarma faoliyati samaradorligi va natijadorligini
baholash mezonlari va ish indikatorlari

29. Boshqarma faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.

30. Boshqarma faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmatlari tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.

31. Boshqarma faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:

Boshqarma boshligʻi va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;

Boshqarma faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.

32. Boshqarma faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubiyoti qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

IX. Boshqarmani moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash,
uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish

33. Boshqarmani moddiy-texnik taʼminlash harajatlarini moliyalashtirish, shuningdek xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, byudjetdan tashqari fondlarning manbalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

34. Boshqarma xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalardan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.

Xizmat vazifasini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan Boshqarmaning yuqori malakali, tashabbuskor xodimlariga yuqori malakasi uchun Vazir tomonidan byudjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.

Boshqarma xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qoʻshiladigan ragʻbatlantirish xususiyatiga ega boʻlgan qoʻshimcha haqlar va ustamalar Vazir tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq toʻlanadi.

35. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan boshqa lavozimlarga tayinlangan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qonunchilik palatasiga saylangan (tayinlangan) Boshqarma xodimlarida Boshqarmada berilgan koʻp yillik xizmatlari uchun qoʻshimcha haq va ustamalar hamda martaba darajalari saqlanadi.

X. Boshqarmaning hisobdorligi

36. Boshqarma rahbarlari oʻzlarining faoliyati toʻgʻrisida Vazirlikka muntazam ravishda hisobot beradi.

37. Vazirlik markaziy apparatining rahbarlari Boshqarma rahbarlariga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi boʻyicha ular faoliyatini ustidan muntazam monitoring olib boradi, Boshqarma faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.

38. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Boqsharmaning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.

XI. Yakunlovchi qoida

39. Boshqarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.