Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
26.01.2026

Viloyat adliya boshqarmasining 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar haqida MA’LUMOT

   Sifatli norma ijodkorligi tizimini yaratish hamda qonunchilik hujjatlarini amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlash yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur sohada viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2025-yil davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

        I. Norma ijodkorligi bo‘yicha. 

2025 yil davomida viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlariga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun jami 178 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ tusdagi qaror loyihalari kiritilgan bo‘lib, ushbu loyihalarning 128 tasi (71,9 foiz) Xalq deputatlari kengashlari qarori, 50 tasi (28,1 foiz) hokimlarning qarori loyihalari hisoblanadi.

Kiritilgan hujjatlarning huquqiy ekspertizasi natijasida ularning 138 tasi (77,5 foiz)ga ijobiy xulosa berilgan. Qaror loyihalarining 40 tasi (22,5 foizi) esa belgilangan talablarga rioya qilinmay taqdim qilinganligi sababli qaytarilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2021 yil 18 noyabrda 3333-son bilan ro‘yxatga olingan “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish Qoidalari”ning (keyingi o‘riglarda qoidalar deb yuritiladi) 90-bandiga asosan, qaror loyihasi hududiy adliya organlari tomonidan ikki ish kuni ichida xulosasiz “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiquvchiga quyidagi hollarda huquqiy ekspertiza o‘tkazilmasdan “E-qaror” elektron tizimi orqali qaytarilishi belgilangan:

loyiha normativ-huquqiy xususiyatga ega bo‘lmasa;

loyiha barcha manfaatdor tashkilotlar bilan ularning birinchi rahbarlari (istisno hollarda — ularning birinchi o‘rinbosari) darajasida kelishib olinmaganda;

yuridik xizmatning huquqiy xulosasida qaror loyihasining jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilganligi va uning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilmagan bo‘lsa.

Xususan, Peshko‘ tumani bo‘yicha 5 ta, Romitan, Jondor, G‘ijduvon tumanlari bo‘yicha 3 tadan, Buxoro shahri bo‘yicha 4 ta, Shofirkon, Olot, Qorako‘l tumanlai bo‘yicha 2 tadan, Vobkent tuman bo‘yicha 9 ta, Kogon shahri bo‘yicha 1 tadan normativ tusdagi hujjatlar belgilangan talablarga rioya qilinmay taqdim qilinganligi sababli qaytarilgan.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari yuzasidan yuridik xizmatning huquqiy xulosasi

Ayrim mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi qaror loyihalariga yuridik xizmat tomonidan huquqiy xulosa berish talabiga rioya qilinmayapti.

Xususan, 2025 yil davomida viloyatdagi adliya organlariga ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritilgan qaror loyihalari yuzasidan yuridik xizmatning huquqiy xulosasiga 5 ta holatda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilganligi va uning natijalari haqidagi ma’lumotlar kiritilmagan;

(G‘ijduvon tumanida 3 ta, Buxoro shahri va Peshku tumanida 1 tadan, )

Vaholanki, Qoidalarning 87-bandida yuridik xizmatning huquqiy xulosasida qaror loyihasining jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilganligi va uning natijalari haqidagi ma’lumotlar aks ettirilishi belgilangan.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi.

Normativ-huquqiy tusdagi qaror loyihalari jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishi lozim bo‘lsada, 2 ta qaror loyihalari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmasdan yoki yakunlanmasdan huquqiy xulosa olish uchun adliya bo‘limlariga kiritilgan. (Olot tumanida 1 ta, Peshko‘ tumanida 1 ta)

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-682-sonli Qonunining 24-moddasi 3-qismiga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi muddati portalda normativ-huquqiy hujjat loyihasi joylashtirilgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan kam bo‘lmasligi kerakligi belgilangan.

Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda Byudjet kodeksi talablariga rioya qilinishi.

Ba’zi hollarda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tomonidan Byudjet kodeksi talablariga rioya qilinmasdan normativ-huquqiy hujjat loyihasi adliya bo‘limlariga yuborilmoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yil uchun viloyat mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilinishidan oldin Xalq deputatlari Jondor tuman Kengashi tomonidan tumanning 2026 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun adliya bo‘limiga yuborilgan. (viloyat Kengashining qarori 2025 yil 30 dekabrda qabul qilingan bo‘lsada, tuman Kengashi 10 dekabrda adliya bo‘limga huquqiy ekspertiza uchun yuborgan)

Xuddi shunday holat Kogon shahar, Kogon, Peshku va Romitan tumanlarida ham takrorlangan.

Vaholanki, Byudjet kodeksining 99-moddasi 5-qismiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari to‘g‘risida qarorlar qabul qilinganidan so‘ng uch ish kuni ichida xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari ushbu qarorlarga muvofiqlashtirilgan holda tegishincha tumanlarning va shaharlarning byudjetlari to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.

Mahalliy davlat xokimiyati organlarining yer munosabatlariga oid qarorlarining huquqiy ekspertizasi.

2025 yil davomida adliya boshqarmasiga mahalliy davlat xokimiyati organlarining 252 ta yer munosabatlariga oid qarorlari loyihalari kelib tushgan bo‘lib, ularning 96 tasi (38 foiz)ga e’tirozlarsiz, 55 tasi (21,8 foiz)ga e’tirozlar bilan, 2 tasi (0,7 foiz) qonunchilik hujjatlariga nomuvofiqligi sababli maqsadga muvofiq emas deb topilgan hamda 98 tasi (38,8 foiz) belgilangan talablarga rioya qilinmasdan taqdim etilganligi sababli huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmasdan qaytarilgan.

Shuningdek, 2025 yilda mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlariga oid jami 14 ta qarorlari tegishli tartibda adliya organlarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmasdan qabul qilinganligi aniqlandi va adliya boshqarmasi tomonidan taqdimnomalar kiritilib, ushbu qarorlarning bekor qilinishi ta’minlandi.

         II. Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish sohasi bo‘yicha adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan ko‘rilgan ta’sir choralar.

2025 yil davomida huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish sohasida boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan jami 68 ta idoralar faoliyati o‘rganilib, 107 ta statistik hujjatlar talab qilib olingan.

Qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha jami     43 263 ta, xususan:

- sog‘liqni saqlash sohasiga oid;

- pensiya va nafaqa masalasida;

- mehnat sohasiga oid;

- kommunal to‘lovlar, bojxona va soliqqa oid;

- uy-joy va yer ajratishga oid;

- imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llashga oid;

- davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid;

- yuridik xizmat sohasiga oid qonunbuzilish holatlari aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan jami 455 ta taqdimnoma, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 183 ta bayonnoma rasmiylashtirilgan,   142 nafar mansabdorlar rasman ogohlantirilgan.

Qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida 45 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka, 183 nafar shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

2025 yil davomida boshqarma tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatini ko‘zlab, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish to‘g‘risida sudlarga jami 149 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Kiritilgan da’vo arizalarning 142 tasi (95 foiz) yoxud 4 mlrd. 160 million so‘mlik pul mablag‘larini undirishga oid qismi sudlar tomonidan qanoatlantirilgan.

Hozirgi kunda viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan kiritilgan 1 mlrd. 188 mln. so‘mlik 9 ta da’vo arizalar tegishli sudlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlarda huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rganilib, qonunbuzilish holatlari, ularning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf qilish borasida 2 ta taqdimnoma kiritilib, 1 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlarda huquqni qo‘llash amaliyotiga amal qilish holati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilib, natijasi bo‘yicha qonunbuzilish holatlari, ularning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf qilish borasida 1 ta taqdimnoma kiritilgan va 3 ta ma’muriy, 12 ta intizomiy jazo choralari ko‘llanilgan.

Shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 209 ta takliflar ishlab chiqilib, shulardan asosli va ma’lum bir sohadagi mavjud muammoning yechimiga qaratilgan takliflar vazirlikka tegishli tartibda taqdim qilindi.

Ma’lumot uchun: Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2025 yil davomida 4 854 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 4 564 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 3 010 ta murojaat yoki 62 foizi qanoatlantirilgan.

Bundan tashqari, 1 554 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan hamda 263 ta murojaat tegishligiga ko‘ra boshqa idora va tashkilotlarga yuborilgan.

Bundan tashqari, Davlatimiz Rahbarining 2025 yil 24 maydagi PF-80-sonli “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi:

Adliya boshqarmasi rahbariyati, mas’ul xodimlari hamda tuman (shahar) adliya bo‘limi boshliqlari (DXM, YuXKM, FHDYo) tomonidan 156 ta mahallalarda uyma-uy yurish, sayyor qabullar va “Adliya kuni” tadbirlari o‘tkazildi. 96 741 ta xonadonlarga uyma-uy yurish tashkil qilindi va 87 882 ta huquqiy muammolar aniqlanib, 65 494 ta huquqiy muammo qanoatlantirildi. Mazkur huquqiy muammolarni hal qilish yuzasidan 289 ta ta’sir chorasi kiritildi, 1 122 ta huquqiy hujjat rasmiylashtirilib, 5 104 ta hujjat loyihasi tayyorlab berildi. 23 386 ta sayyor Davlat va FHDYo xizmatlari ko‘rsatildi.

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan amalga oshirilgan targ‘ibot tadbirlari.

Boshqarma hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan jami 76 855 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Viloyatdagi mavjud 544 ta mahalla fuqarolari yig‘inlari binolarida huquqiy axborotni tezkor yetkazish maqsadida tegishli QR-kod orqali kirish imkonini beruvchi “Adliya burchak”larining o‘rnatilishi ta’minlandi.

Shuningdek, tuman (shahar) adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining xodimlari mahallalarga biriktirildi hamda ular tomonidan domiy ravishda “mahalla yettiligi”ga huquqiy tusdagi hujjatlar qabul qilish jarayonida yuzaga keladigan muammolar yuzasidan bepul huquqiy maslahatlar berib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1-sonli Qarori ijrosi.

Davlatimiz Rahbarining 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1-sonli “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi:

Viloyat adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan tegishli reja-grafiklarga asosan kriminogen vaziyati beqaror bo‘lgan mahallalarda “ettilik” a’zolariga PQ-1-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Qaror bo‘yicha tayyorlangan barcha targ‘ibot materiallarining (infografika, slayd, buklet, videorolik) tegishli mahalla fuqarolar yig‘inlariga yetkazilishi tashkil etildi.

Shuningdek, targ‘ibot materiallarini boshqarma, tuman (shahar) adliya bo‘limlari, mahallalarning ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirilishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish maqsadida “mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikda mahallalardagi nizoli oilalarni aniqlash hamda ularni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Jumladan, “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” dasturi doirasida jami 510 dan ortiq mahallalarda 35 153 ta manzilli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.  

Ushbu tadbirlar voyaga yetmaganlar o‘rtasida 15 289 ta, xotin-qizlar o‘rtasida 9 046 ta, tarbiyasi og‘ir yoshlar o‘rtasida 5 587 ta, probatsiya hisobida turgan shaxslar o‘rtasida 5 231 tani tashkil etdi.

Amalga oshirilgan targ‘ibot tadbirlarining 22 000 dan ortig‘ini joylardagi ichki ishlar idoralari mas’ullari bilan hamkorlikda firibgarlik jinoyatining yangi turlari va ularning sodir etish usullari haqida ogoh qilish hamda ulardan himoyalanish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar tashkil etdi.

Mazkur targ‘ibot tadbirlarida firibgarlik jinoyati qurboniga aylanishning oldini olish bo‘yicha tayyorlangan 36 000 dan ortiq nusxada infografikalar tarqatilishi ta’minlandi. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali 700 taga yaqin targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.

Mahalla aholisi uchun eng dolzarb, aholini qiziqtiradigan va murojaatlarda ko‘tarilayotgan muammoli masalalar bo‘yicha tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 372 ta mahallalarda “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbirlari tashkil etildi.

Tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikda mahalladagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida 2025 yil davomida jami 13 marotaba “Zukko kitobxon” tanlovlari o‘tkazildi.

Bundan tashqari, viloyat prokuraturasi, adliya boshqarmasi va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi o‘rtasida “Mahalla yettiligi” a’zolariga huquqiy axborotni yetkazish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish ishlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida” qo‘shma qaror imzolanib, ijroga qaratildi.

Intellektual mulk huquqlari himoyasini ta’minlash yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur sohada viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2025 yil davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Xususan, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “SOFI OSH” geografik ko‘rsatkichi davlat reestrida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Shuningdek, “G‘ijduvon kulchasi” hamda “Buxoro sho‘rdanagi” loyihalari istiqbolli geografik ko‘rsatkichlar sifatida davlat reestriga kiritish maqsadida boshqarma tomonidan Intellektual mulk muassasasiga yuborilgan.

Bundan tashqari, o‘tgan 2025 yil davomida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 74 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, mazkur murojaatlar natijasida boshqarma tomonidan 128 ta holatda ogohnoma, 54 ta holatda taqdimnoma va 8 ta holatda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, shundan 6 nafar shaxs sud qaroriga asosan ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 18.814 mln so‘m jarimalar undirildi. Hamda viloyat bo‘yicha 192 ta ob’ektning huquqiy himoyasi ta’minlanilishiga erishildi.

Shu bilan birga, 1 nafar sub’ektga nisbatan 37.5 mln so‘mlik moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Bundan tashqari, o‘tgan yil davomida boshqarma tomonidan 15 marta kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarishni aniqlash bo‘yicha vakolatli organlar bilan hamkorlikda tadbirlarda ishtirok etildi.

Shuningdek, yil davomida 75 ta holatda kontrafaktsiz hudud deb e’tirof etish maqsadida, profilaktika tadbirlari olib borilib, 32 holatda tadbirkorlik sub’ektlariga o‘z tovar belgilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, boshqarma tomonidan 2025 yil davomida kontrafakt mahsulotlani aniqlash bo‘yicha 26 marta rejali nazorat xaridlari o‘tkazildi. Natijada, 17 ta holatda kontrafakt mahsulotlar aniqlangan bo‘lib, huquq egalari xabardor qilindi. Huquqbuzarlarga nisbatan 11 ta ta’sir chora qo‘llanildi.


Рўйҳатга қайтиш