Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 220-21-45

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
06.05.2026

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2026 yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq faoliyat yuzasidan ma’lumot

Hisobot davrida qonun ijodkorligi jarayonida faol ishtirok etilib, amaldagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan 59 ta taklif ishlab chiqildi. Shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha 50 ta hujjat taqdim etildi va ularning 35 tasi belgilangan tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.

Mazkur ishlar qonun hujjatlarining sifatini oshirish, ularning amaldagi qonunchilikka muvofiqligini ta’minlash hamda huquqiy kolliziyalarning oldini olishga xizmat qildi.

Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash adliya organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2026 yilning 1-choragi davomida jami 1 184 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 989 ta murojaat ko‘rib chiqilgan. 603 ta (60% foizi) murojaat qanoatlantirilgan bo‘lsa, 386 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan.

Adliya organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudlarga da’vo arizalari kiritish ishlari ham izchil amalga oshirildi.

Hisobot davrida jami 27 ta da’vo arizasi sudlarga kiritildi.

Qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash maqsadida tashkilot va muassasalarda nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Jami 265 ta nazorat tadbiri amalga oshirildi. Ulardan:

  • 119 tasi o‘rganish,
  • 146 tasi monitoring tarzida o‘tkazildi.

Nazorat tadbirlari davomida 4744 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Nazorat tadbirlari davomida aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish, fuqarolar hamda tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini tiklash maqsadida adliya organlari tomonidan qator ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, hisobot davrida jami 131 ta taqdimnoma kiritildi.

Shu bilan birga, qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan 101 ta ma’muriy taklif kiritilib, 102 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Shuningdek, 7 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi.

Qonun buzilishlarining oldini olish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 151 ta ogohnoma berildi.

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2026-yilning 1-choragi davomida boshqarma hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan jami 12 990 ta targ‘ibot tadbiri amalga oshirilgan.

Shundan, 8142 ta og‘zaki huquqiy targ‘ibot, 3993 ta ijtimoiy tarmoqlar orqali, 137 ta gazeta, 88 ta radio, 146 ta televideniya, 305 ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot hamda 179 ta elektron nashrlarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan.

1-chorak davomida joylarda 22 545 ta buklet, flayer va boshqa tarqatma materiallar aholi o‘rtasida tarqatildi.

Shuningdek, viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan Buxoro telekanali orqali “Xabar”, “Fuquro huquqi”, “Mening huquqim”, dasturlari orqali, Istiqlol telekanali orqali “Xabarlar” informatsion dasturi hamda “Tushlikda” rukni ostida chiqishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shu bilan birga, fuqarolarning hal bo‘lgan murojaatlari yuzasidan “Adliya aralashgach”, “Bir murojaat izidan” mavzusida tayyorlangan ko‘rsatuvlar orqali keng yoritib borildi.

Bundan tashqari, tashkilot va muassasalarda, mehnat jamoalarida, mahallarda, jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, tovlamachilik, xotinqizlar va bolalar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish yuzasidan hamda yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmum mohiyati yuzasidan davra suhbatlar, o‘quv seminarlar tashkil qilinib, huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etilganligi ma’lum qilinadi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida aholi va tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Hisobot davrida jami 349 397 ta davlat xizmati ko‘rsatildi.

5 184 ta tadbirkorlik sub’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi,

2 868 ta tadbirkorlik sub’ekti qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi,

10 000 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

191 061 ta xizmatlar onlayn tarzda onlayn amalga oshirilgan.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasida ham tizimli ishlar amalga oshirildi.

2026 yil 1-choragi davomida:

  • 8747 ta tug‘ilish,
  • 2830 ta nikoh,
  • 2306 ta o‘lim,
  • 655 ta nikohdan ajralish,
  • 357 ta otalikni belgilash,
  • 46 ta farzandlikka olish holatlari qayd etildi.
  • 8218 ta onlayn FHDYo xizmat ko‘rsatilgan.

Hisobot davrida viloyatda 60 nafar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyat yuritib kelmoqda.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida notariat sohasida 2026 yil 1-choragi holatida 8007 ta notarial harakatlar onlayn tarzda amalga oshirilgan.

Viloyatda advokatura instituti faoliyatini rivojlantirish borasida ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Hozirgi kunda Buxoro viloyatida 233 ta advokatlik tuzilmalari faoliyat yuritmoqda.

Yuridik xizmat sohasida Buxoro viloyatida jami 128 ta davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat shtat birliklari mavjud bo‘lib, shundan 8 tasi vakant.

2026-yil 1-choragi davomida 19 nafar yuridik xizmat xodimlari adliya organlari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlash bo‘yicha suhbatda qatnashgan hamda 13 nafar nomzod suhbatdan o‘tgan.

5 nafar yuridik xizmat xodimi lavozimdan ozod qilish bo‘yicha adliya organlari bilan kelishilgan holda lavozimdan ozod qilingan.

10 nafar yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan o‘tkazilib, 9 nafari attestatsiyadan o‘tgan deb topilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida 13 nafar yuridik xizmatlar xodimlari malakasini oshirilishi ta’minlandi.

8 nafar yuridik xizmat xodimiga martaba darajasi berish bo‘yicha Adliya vazirligi markaziy attestatsiya komissiyasiga tavsiya kiritilib, 8 nafar yuridik xizmat xodimiga martaba darajasi berilgan.

5 nafar yuridik xizmat xodimi stajirovka o‘tagan.

Qonunbuzilishlarni oldini olish bo‘yicha 18 ta tashkilotga ogohnoma kiritildi.

Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 28 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, mazkur murojaatlar natijasida boshqarma tomonidan 3 ta holatda ogohnoma, 7 ta holatda taqdimnoma hamda 2 ta holatda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishliligi bo‘yicha sudlarga yuborildi.

Hozirgi kunda viloyat bo‘yicha 81 ta intellektual mulk obyektining huquqiy himoyasi ta’minlanishiga erishildi.

Bundan tashqari, boshqarma tomonidan kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarilishini aniqlash maqsadida vakolatli organlar bilan hamkorlikda 9 marotaba tadbirlarda ishtirok etildi.

Shuningdek, 14 ta tadbirkorlik sub’ekti “Kontrafaktsiz hudud” deb e’tirof etildi.

Hisobot davrida 70 ta tadbirkorlik sub’ektiga tovar belgilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi


Рўйҳатга қайтиш