Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 220-21-45

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
10.07.2026

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2026-yil I-yarim yillikda jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan ma’lumot

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2026-yil yanvar-iyun oylari davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar umumlashtirilib, tahlil qilindi.

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2026-yil davomida 2 334 ta ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 1 985 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 1 245 ta murojaat yoki 63 foizi qanoatlantirilgan.

Boshqarma rahbariyati va tuman (shahar) adliya bo‘lim xodimlarining shaxsiy qabullarida 2026-yil davomida jami 1 174 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.

Shuningdek, boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlarining jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joyida hal etish maqsadida I va II yarim yilligi davomida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilish jadvallari tasdiqlangan.

Tashkil etilgan sayyor qabullar jarayonida jami 653 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.

Shaxsiy va sayyor qabullarda qabul qilingan jami 1 174 ta murojaatlarning 783 tasi qanoatlantirildi, 319 ta murojaat bo‘yicha murojaat muallifiga huquqiy tushuntirish berildi hamda 61 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha vakolatli tashkilotga ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

Bundan tashqari, murojaatlarning ko‘rib chiqish ahvoli yig‘ilishlarda tanqidiy muhokama qilinib, bu borada natijadorlikni yanada oshirish choralari ko‘rib borilmoqda.

Boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga kelib tushgan va qanoatlantirilgan murojaatlarni, shuningdek murojaatlar davomida eng ko‘p uchrayotgan qonun buzilishi holatlarining kelib chiqish sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar matbuotda va rasmiy veb-saytlarda keng yoritib borilmoqda.

Shuningdek, ijobiy hal qilingan va qanoatlantirilgan murojaatlar doimiy ravishda televidenie, radio, ijtimoiy tarmoqlar, bosma va boshqa elektron ommaviy axborot vositalarida yoritilib borilmoqda.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid jami 232 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 193 tasi hal etilgan bo‘lib, 67 tasi ( 34 %) qanoatlantirilgan.

Notariat va advokatura organlari sohasida jami 155 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, mazkur murojaatlarning 138 tasi hal etilgan bo‘lib, 21 tasi qanoatlantirilgan.

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid 22 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 13 tasi huquqiy tushuntirish berish hal etilgan.

Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid 22 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 19 tasi hal etilgan bo‘lib, 7 tasi qanoatlantirilgan.

Boshqa sohada 151 ta ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan bo‘lib, ularning 140 tasi hal etilgan va 72 tasi qanoatlantirilgan.

Inson huquqlarini himoya qilish sohasida jami 1 442 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 1196 tasi hal etilgan bo‘lib, 882 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 73 % ni tashkil qiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 149 ta taqdimnoma, 51 ta da’vo arizasi, 25 ta ma’muriy taklif kiritilgan. Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 18 nafar xodim intizomiy, 25 nafar xodim ma’muriy javobgalikka tortilib, 3,112 mlrd  so‘m undirilishi ta’minlangan. Shuningdek, 20 ta hujjat bekor qilinishi ta’minlandi. Mazkur sohadagi tahlil, murojaatlarni ijtimoiy himoyaga doir qonunlar ijrosi masalalari yuzasidan, mehnat nizolari yuzasidan, yer va uy-joyga doir qonun hujjatlari yuzasidan ko‘pligini ko‘rsatdi.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid jami 309 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 276 tasi hal etilgan bo‘lib, 195 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 70 % ni tashkil qiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 25 ta taqdimnoma, 3 ta da’vo arizasi, 3 ta ma’muriy taklif kiritilgan. Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 5 nafar xodim intizomiy, 3 nafar xodim ma’muriy javobgalikka tortilgan. Mazkur sohadagi tahlil murojaatlarning yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan va soliq sohasiga oid masalalarda ko‘pligini namoyon etdi.

Adliya idorasi xodimlari xatti-xarakatlari ustidan 15 ta shikoyat kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning 12 tasi davlat xizmatlari markazlari xodimlarining, 3 tasi FHDY xodimlarining qo‘pol muomalada bo‘lganligi hamda, o‘z ishiga mas’uliyatsiz yondashgani tufayli. Ushbu murojaatlardan 1 tasi o‘z tasdig‘ini topdi.


Рўйҳатга қайтиш