№ | Tadbir nomi | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar | Asos | Maqsad (kutilayotgan natija) |
I. ISHLARNI TASHKILLASHTIRISH, ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH SOHASIDA | |||||
1 | Boshqarma markaziy apparati tarkibiy bo’linmalari hamda tuman (shahar) adliya bo’limlari tomonidan 2026-yil I yarim yillik davomida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish va kelgusidagi vazifalarni belgilash. Natijasini hay’at majlisida muhokama qilish. | avgust | Rejalashtirish va nazorat-tahlil sho‘basi, (Sh.Toyirov) boshqarma tarkibiy bo‘limlari rahbarlari hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari | Adliya vazirining 2022-yil 12-iyuldagi 147-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra hay’at majlisi har chorakda o‘tkazilib, unda boshqarma faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga oid masalalar muhokama etiladi va kelgusidagi vazifalar belgilanadi. | Adliya organlari va muassasalari faoliyatini qonuniy amalga oshirilishini ta’minlash hamda tizimli qonun buzilish holatlarini bartaraf qilish. |
Buxoro viloyat adliya boshqarmasining 2026-yil III va IV choraklarga (II yarim yillikka) mo‘ljallangan ISH REJASI*
2 | Tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar bilan korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish bo‘yicha profilaktik suhbatlar va targ‘ibotlar o‘tkazib borish. | iyul-dekabr | Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchi (S.Sodiqov) | Kadrlar siyosatini to‘g‘ri yuritish hamda jinoyatchilik va korrupsiya holatlarini oldini olish. | Xodimlarning mehnat samaradorligini va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish. |
3 | Adliya vazirligining 2026-yil 16-iyuldagi 250-um-son buyrug‘i “Hududiy adliya organlari faoliyatining 2026-yilga mo‘ljallangan faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”da belgilangan adliya organlari faoliyatining 2026-yilga mo‘ljallangan faoliyat samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilab berilgan. Mazkur buyruq asosida tasdiqlangan topshiriqlar ijrosini yil yakuniga qadar to’liq ijrosini ta’minlash. | iyul-dekabr | Boshqarma tarkibiy bo‘limlari rahbarlari, tuman (shahar) adliya bo‘limlari | Adliya vazirligi tomonidan hududiy adliya organlari faoliyatining samaradorligini baholash tartibi (KPI) joriy qilinib, hududlarning faoliyatini har chorakda tizim orqali baholab borish belgilangan. Mazkur yo‘nalishlarda monitoring qilish orqali sustkashliklarga yo‘l qo‘yayotgan xodimlar hamda yo’nalishlarni aniqlash va mazkur sohada ishlarni jadallashtirish zaruriyati mavjud. | Mazkur yo‘nalishlarni monitoring qilish orqali kelib chiqqan va kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammoli holatlarni bartaraf etish hamda ushbu yo‘nalishda ishlarni jadallashtirish. |
4 | Tizimda faoliyat yuritayotgan, O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi hamda Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi bitiruvchilarining mehnat faoliyati hamda karyeraviy o‘sishini har 6 oyda tahlil qilib borish va nazoratga olish. Tahlillar natijasiga ko‘ra faoliyat samaradorligi yuqori bo‘lgan nomzodlarni yuqori rahbarlik lavozimlariga tavsiya etib borish. | iyul-dekabr | Inson resurslari sho‘basi (A.Ereshjumayev) | Mazkur ikki maxsus oliy ta’lim muassasasida xodimlar o‘qish davrida (2 yillik) ish joyi va ish haqi to‘liq saqlangan holda ta’lim olishadi, ya’ni ushbu xodimlarning bilim va salohiyatini oshirish uchun vazirlik mablag‘lari sarflanadi. Biroq, mazkur OTM bitiruvchilari salohiyatidan to‘g‘ri foydalanmaslik (ularni oddiy boshqaruv xodimi sifatida ishlatish, karyeraviy o‘sishini ta’minlash) ularning tizimdan chiqib ketishiga olib keladi. Shu sababli bitiruvchilar orasidan faoliyat samaradorligi yuqori bo‘lgan xodimlarni aniqlash va ularni meritokratiya prinsiplari asosida karyeraviy o‘sishini ta’minlab borish zaruriyati mavjud. | Salohiyatli kadrlarning meritokratiya prinsiplari asosida to‘g‘ri joy-joyiga qo‘yilishi adliya idoralarining faoliyati samaradorligi oshishiga va strategik rivojlanishiga olib keladi. |
5 | Qo‘shimcha quyosh panellari xarid qilib, tizimdagi barcha binolarga o’rnatilishini ta’minlash. | iyul-dekabr | Xo‘jalik faoliyati va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bosh maslahatchi (I.Sayfiyev) | Adliya boshqarmasi tizimida foydalanilayotgan barcha binolardagi bo‘sh joylarga quyosh panellari o‘rnatilishi hamda mavjud quyosh panellarining ishchi holatda ekanligini nazoratga olish. | Elektr sarfini kamaytirish va tarmoqdan olinayotgan elektr xaridini maksimal darajada to‘xtatish. |
6 | Huquqni qo‘llash amaliyotidagi hamda mahallalarda aniqlangan tizimli huquqiy muammolarni, qonunchilik hujjatlaridagi bo‘shliq va ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Ishlab chiqilgan takliflar yuzasidan taqdimot tayyorlash va uni rahbar oldida himoya qilish. | iyul-dekabr har oyning 5-sanasiga qadar | Boshqarma tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari | Qonunchilikdagi tizimli huquqiy muammolarni aniqlash va qonunchilik hujjatlaridagi bo‘shliq va ziddiyatlarni bartaraf etish adliya organlari vazifalaridan hisoblanadi. | Qonunchilikdagi tizimli huquqiy muammolar, qonunchilik hujjatlaridagi bo‘shliq va ziddiyatlar bartaraf etiladi. |
7 | Boshqarma ish rejasi asosida tashkilot va idoralarda o’tkaziladigan o’rganishlarda korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo’ymaslik borasida mazkur idora va tashkilotlarning ichki xavfsizlik xodimlari bilan hamkorlikni o’rnatish. | iyul-dekabr | Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchi (S.Sodiqov) | O‘rganish jarayonlarida xodimlarning subyektiv qarorlari tufayli manfaatlar to‘qnashuvi ehtimoli. Ichki xavfsizlik bo‘limlari bilan o‘zaro axborot almashinuvidagi uzilishlar natijasida korrupsion to‘siqlar paydo bo‘lishi. O‘rganishlar jarayonida tashrif buyuruvchilar bilan norasmiy kelishuvlar amalga oshirilishi ehtimoli. Manfaatlar to‘qnashuvini rasmiy tarzda bildirmaslik va bu borada nazoratning sustligi. Korrupsiyaga oid real misollarni yetarlicha muhokama qilmaslik. - Xodimlarda huquqiy oqibatlar bo‘yicha yetarli bilim yo‘qligi. | O‘rganish jarayonlarida shaffoflik oshadi, korrupsion aloqa zanjirlari uziladi va barcha harakatlar nazoratga olinadi. |
8 | Davlat xizmatlari markazlari (DXM) tomonidan xorijga chiqish pasportlarini berish xizmatlari, shuningdek milliy ҳaydovchilik guvoҳnomalarini yangi namunadagi haydovchilik guvoҳnomalariga almashtirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi xodimlarni “alohida nazoratga olish” (kirim/chiqim, navbat, hujjat qabul qilish, natija berish jarayonlari bo‘yicha), xizmat ko‘rsatish jarayonida korrupsiyaviy holatlarni kuzatish, murojaatlar va shikoyatlarni tahlil qilish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan choralar ko‘rish. | har oyda | Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchi (S.Sodiqov) Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi (B.Djamolov) Тuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari; | O‘zbekiston Respublikasining ‘Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, Adliya vazirligi buyruqlari, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlar, boshqarma ichki buyrug‘i | Xizmat ko‘rsatish jarayonida shaffoflikni ta’minlash, navbatlarni sun’iy tashkil etish, vositachilik, ortiqcha hujjat talab qilish, g‘ayriqonuniy to‘lovlar hamda manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, aholi ishonchini oshirish. |
9 | Boshqarma hamda tuman (shahar) adliya bo‘limi xodimlarining mehnat intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi ustidan doimiy monitoring amalga oshirish.Bunda: Tuman (shahar) adliya bo‘limi boshliqlari tomonidan xodimlar bilan doimiy profilaktik suhbatlar o‘tkazib borilishini ta’minlash. Xodimlarni qiynab kelayotgan muammolar bilan tanishish, zaruratga ko‘ra boshqarma bilan birgalikda muammolarni bartaraf etishga qaratilgan amaliy choralarni ko‘rish. | har oyda | Boshqarma rahbariyati; Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchi (S.Sodiqov); Inson resurslari sho‘basi (A.Ereshjumayev) Tuman (shahar) adliya bo‘limi boshliqlari | O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik, Adliya organlari xodimlarining Odob-axloq qoidalari, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun | Xodimlarda xizmat intizomi va xizmat odobini mustahkamlash, korrupsiyaga moyil omillarni barvaqt aniqlash, xizmat intizomi buzilishlarini kamaytirish, sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni shakllantirish hamda korrupsiyaning oldini olish. |
10 | Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlari tomonidan xizmat ko‘rsatish jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni doimiy tahlil qilib borish, aniqlangan xatarlarni aybli harakat sodir etilgunga qadar oldini olishga qaratilgan kompleks choralar ko‘rish, tahlil natijasi bo‘yicha har oy yakunida axborot kiritib borish. Shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda har oyda “sirli mijoz” tadbirlarini amalga oshirib borish. DXM va FHDY organlari tomonidan xizmat ko‘rsatish jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qilish. Tahlil natijasi bo‘yicha axborot kiritib borish. | har oyda | Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchi (S.Sodiqov) Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi (B.Djamolov) Inson resurslari sho‘basi (A.Ereshjumayev) Tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari | O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonuni, xavf-xatarlarni baholash metodikasi, Adliya vazirligi buyruqlari, davlat xizmatlarini ko‘rsatish reglamentlari | Xizmat ko‘rsatish jarayonidagi korrupsiyaviy xavflarni tizimli baholash, “sirli mijoz” natijalari asosida kamchiliklarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini oshirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda rahbariyatga tezkor tahliliy axborot taqdim etish. |
11 | I-II chorak yakuni bo‘yichа adliya organlari va muassasalari xodimlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatishda ortiqcha hujjat talab qilish, muddat buzilishi va boshqa holatlarni monitoring qilish. Keyinchalik, Davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishlar uchun mutanosib va bir xilda javobgarlik masalasi hal etilishi ustidan doimiy nazorat olib borish. | har oyda | Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchi (S.Sodiqov) Davlat xizmati ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sho‘basi (H.Tohirov) | “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun, davlat xizmatlarini ko‘rsatish reglamentlari | Davlat xizmatlari ko‘rsatishda qonuniylikni ta’minlash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, xizmat muddatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, barcha hududlarda yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish hamda aniqlangan qonunbuzilishlarga nisbatan ta’sir choralarini o‘z vaqtida qo‘llash orqali korrupsiya xavflarini kamaytirish. |
12 | Tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari va Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari (YXKM) boshliqlari tomonidan markaz bosh yuriskonsultlari faoliyatini doimiy monitoring qilish, xususan tashkilotlar tomonidan huquqiy ekspertiza uchun taqdim etilgan hujjatlarni asossiz rad etish yoki asossiz ijobiy huquqiy xulosa berish holatlarini tahlil qilish va belgilangan tartibda axborot taqdim etish. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi, tanish-bilishchilik va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash hamda ularning oldini olish yuzasidan profilaktik va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. | har oyda | Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchi (S.Sodiqov) Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha (B.Saidov) Tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari | O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni, Adliya vazirligining YXKM faoliyatini tartibga soluvchi buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021 yildagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5168-son qarori | Huquqiy ekspertiza jarayonida yagona amaliyotni shakllantirish, asossiz rad etish va asossiz ijobiy huquqiy xulosalar berilishining oldini olish, bosh yuriskonsultlarning xolisligi va mustaqilligini ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvi hamda korrupsiyaviy omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, davlat tashkilotlariga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar sifati va shaffofligini oshirish. |
13 | Boshqarma markaziy apparati tarkibiy bo’linmalari hamda tuman (shahar) adliya bo’limlari tomonidan 2026-yilning III-choragi davomida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish va kelgusidagi vazifalarni belgilash. Natijasini hay’at majlisida muhokama qilish. | oktabr | Rejalashtirish va nazorat- tahlil sho‘basi, (Sh.Toyirov) boshqarma tarkibiy bo‘limlari rahbarlari, tuman(shahar) adliya bo’limlari | Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-oktabrdagi 855-son qaroriga ko‘ra hay’at Majlisi har chorakda o‘tkazilib, unda boshqarma faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga oid masalalar muhokama etiladi va kelgusidagi vazifalar belgilanadi. | Adliya organlari va muassasalari faoliyatini qonuniy amalga oshirilishini ta’minlash hamda tizimli qonun buzilish holatlarini bartaraf qilish. |
14 | Adliya organlari va muassasalarida xodimlarning korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirishga qaratilgan uchrashuvlar tashkil etish. | noyabr | Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchi (S.Sodiqov) Inson resurslari boshqarmasi (A.Ereshjumayev) | Manfaatlar to‘qnashuvini rasmiy tarzda bildirmaslik va bu borada nazoratning sustligi. Korrupsiyaga oid real misollarni yetarlicha muhokama qilmaslik. Xodimlarda huquqiy oqibatlar bo‘yicha yetarli bilim yo‘qligi. | Xodimlar ongida halollik tamoyili kuchayadi, korrupsiyaga nisbatan qarshi kurashish tizimli ravishda shakllantiriladi |
15 | Hududlardagi yoshlar bo‘yicha biriktirilgan mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni joylarga chiqqan holda tahlil qilish. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan rahbariyatga axborot kiritish. | iyul-dekabr | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari ijrosini nazorat qilish sho‘basi (S.Baqoyev) | Aksariyat hollarda hududlardagi yoshlar bo‘yicha ishlaydigan mas’ullarning hisobotlarni o‘z vaqtida umumlashtirmayotganligi, yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarning natijasini ko‘rsatib berilmayotganligiga sabab bo‘lmoqda. | Hududlarda giyoshlar bilan ishlaydigan mas’ullarning har oyning oxirgi juma kunida taqdim etiladigan oylik hisobotining o‘z vaqtida taqdim qilinishi va muhokama qilib borilishi natijasi,yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarning ijobiy natijasini ko‘rsatish. |
16 | “Mustaqillikning 35 yilligi – Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida yoshlarda shukronalik, Vatanga sadoqat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda ularni hal etishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tizimli ravishda tashkil etish. Bunda: amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatchilikka keng yoritib borilishi; amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar ilovaga muvofiq har haftaning juma kuni Yoshlar ishlari agentligiga taqdim etib borilishi ta’minlansin. | avgust-sentabr | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari ijrosini nazorat qilish sho‘basi (S.Baqoyev) | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasining topshirig‘iga asosan | Yoshlar orasida shukronalik, Vatanga sadoqat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va hal etishga ko‘maklashish, shuningdek, “Mustaqillikning 35 yilligi – Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarining samaradorligini ta’minlash. |
17 | Namunali tuman sifatida e’tirof etilgan Shofirkon tumanida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hudud kuratori tomonidan batafsil axborot taqdim etish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan rahbariyatga batafsil axborot kiritish. | avgust | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari ijrosini nazorat qilish sho‘basi (S.Baqoyev) | Adliya vazirining buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida boshqarma boshlig‘i tomonidan 2025-yil 8-sentabrda “Namunaviy adliya bo‘limi”ni tashkil etish to‘g‘risida 319-um-son buyrug‘i ijrosini to‘liq ta’minlash. | Boshqarma boshlig‘i tomonidan 2025-yil 8-sentabrda “Namunaviy adliya bo‘limi”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 319-um-son buyrug‘i ijrosi yuzasidan ishlarni jadallashtirish va ijrosini ta’minlash. |
18 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi Respublika mahallalarida xavfsizmuhitni yaratish yo‘nalis hida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan nizoli oilalar salmog‘i eng yuqori bo‘lgan mahallalar kesimida profilaktik choralarni kuchaytirish bo‘yicha kompleks tadbirlarni tashkil etish. | avgust-dekabr | Huquqiy axborot sho‘basi (B.Rahmonov) Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi (B.Djamolov) | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori | Nizoli oilalarni erta aniqlash, ular bilan tizimli va manzilli profilaktik ishlarni olib borish, oilaviy munosabatlar doirasida huquqiy tushuntirishlar berish orqali huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, shuningdek davlat organlari o‘rtasida axborot almashinuvi va hamkorlik samaradorligini oshirish. |
II. HUQUQNI QO‘LLASH AMALIYOTINI O‘RGANISH VA METODIK TA’MINLASH HAMDA INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISH SOHASIDA | |||||||
19 | Buxoro viloyat Soliq boshqarmasi, uning tarkibiy tuzilmalari tomonidan fuqaro murojaatlari bilan ishlash hamda xodimlarning mehnat huquqlaiga rioya etilish ahvolini o‘rganish. Natijasi bo‘yicha tegishli chora ko‘rish hamda Adliya vazirligiga ma’lumotnoma kiritish. | iyul-avgust | Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi (Sh.Jo’rayev) Tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari | Mazkur sohada vazirlik tomonidan oxirgi uch yillikda o‘rganish vamonitoring o‘tkazilmagan. Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, murojaatlarni ko‘rib chiqish holatidan norozi bo‘lib ko‘plab shikoyatlar kelib tushmoqda. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda qonun ustuvorligini ta’minlash, qonun buzilish holatlari yuzasidan tegishli choralar ko‘rish hamda fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash. | Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda qonun ustuvorligini ta’minlash, qonun buzilish holatlari yuzasidan tegishli choralar ko‘rish hamda fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash. | ||
20 | O‘qituvchilar huquqlari kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan huquqiy aksiya o‘tkazish. Natijasi bo‘yicha tegishli chora ko‘rish hamda Adliya vazirligiga ma’lumotnoma kiritish. | sentabr-oktabr | Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi (Sh.Jo’rayev) Huquqiy axborot sho‘basi (B.Rahmonov) | 1-oktabr “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan pedagoglarning huquqlarning huquqiy muammolarini o‘rganib, ularga huquqiy yordam berish zarurati mavjud. Tahlil natijasiga ko‘ra, 2025-yilda o‘tkazilgan “O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasida 2 700 dan ortiq pedagoglarning huquqlari buzilganligi aniqlangan. Shu bilan birga, sentabr oyida ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari boshlanishi munosabati bilan dars taqsimoti (tarifikatsiya) bilan bog‘liq ko‘plab huquqiy nizolar yuzaga keladi. | Aksiyaning maqsadi: pedagog kadrlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, tahlil qilish va hal etish; o‘qituvchi va murabbiylarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish; - vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda ta’limdagi tizimli muammolarni aniqlash va tegishli takliflarni ishlab chiqish. | ||
21 | “Pensionerlarga huquqiy yordam” huquqiy aksiyasini o’tkazish. Natijasi bo‘yicha tegishli chora ko‘rish hamda Adliya vazirligiga ma’lumotnoma kiritish. | noyabr-dekabr | Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi (Sh.Jo’rayev) Huquqiy axborot sho‘basi (B.Rahmonov) | Adliya organlariga fuqarolardan yoshga doir pensiya tayinlash, pensiya miqdorini qayta hisoblash, ish staji inobatga olinmaslik kabi masalalarda ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. | Aksiyaning maqsadi: pensionerlar va pensiya yoshiga yetgan shaxslar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, tahlil qilish va hal etish; -pensionerlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish; vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda sohadagi tizimli muammolarni aniqlash va tegishli takliflarni ishlab chiqish. |
22 | Tuman (shahar) adliya bo‘limlarining “Huquqiy muammo” platformalariga kiritilayotgan huquqiy muammolarning asosli va haqiqatda huquqiy muammo ekanligini tekshirib borish yuzasidan bo‘limlarning faoliyatini monitoring qilish. | Har oyning yakuni | Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi (Sh.Jo’rayev) | Adliya vazirligi tomonidan hududiy adliya organlari faoliyatining samaradorligini baholash tartibi (KPI) joriy qilinib, hududlarning faoliyatini har chorakda tizim orqali baholanib borish belgilangan. Biroq, ba’zi tuman (shahar) adliya bo’limlari tomonidan hozirgi kunda ham tizimga biriktirilayotgan huquqiy muammolar tahrirtalab (asoslar yetarli ilova qilinmagan) yoxud biriktirilgan loyiha huquqiy muammo turiga kirmaydi. | Mazkur yo‘nalishni monitoring qilish orqali kelib chiqqan va kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammoli holatlarni bartaraf etish hamda yuridik xizmat ko‘satish samaradorligini oshirish orqali ushbu yo‘nalishda bir xilda huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish. |
23 | Madaniy meros agentligining Buxoro viloyat boshqarmasi faoliyatida o‘rganish o‘tkazishni tashkil etish, bunda: -huquqni qo‘llash amaliyoti; -davlat boshqaruvi tizimining samaradorligi; -qonunchilik hujjatlari (shu jumladan Prezident hujjatlari) va topshiriqlarning bajarilishi; -inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyat yo‘nalishlari; ma’muriy tartib-taomillarga rioya etilishi va davlat xizmati ko‘rsatish holati; -tartibga solish ta’sirini baholash, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi faoliyati; -yuridik xizmat faoliyati; -intellektual mulk sohasi; -huquqiy targ‘ibotni amalga oshirilishini o‘rganish. -Agentlikning funksiyalarini biznes jarayonlarini reinjiniring qilish (BPR) usullaridan foydalangan holda maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; -huquqni qo‘llash amaliyotida uchrayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish va “Lex.uz”ga joylashtirish hamda agentlik uchun ish yuritishga doir namunaviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish. Natijasi bo‘yicha tegishli chora ko‘rish hamda Adliya vazirligiga ma’lumotnoma kiritish. | Avgust | Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik ta‘minlash sho‘basi (Sh.Sharipov) Tuman (shahar) adliya bo‘limlari | Mazkur sohada oxirgi uch yillikda o‘rganish va monitoring o‘tkazilmagan. Mamlakatimizning turistik salohiyati muntazam ravishda o‘sib borayotganligini inobatga olib mazkur sohani yanada rivojlanishida normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish. | Madaniy meros agentligi faoliyatini o‘rganish natijasida agentlik faoliyatidagi mavjud tizimli muammo va kamchiliklarni aniqlash, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish madaniy meros sohasida davlat boshqaruvi va nazorat mexanizmlarini ixchamlashtirish. |
24 | O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Avtomobil transportida nazorat Buxoro viloyat hududiy bo‘limi tomonidan: -davlat boshqaruvi tizimining samaradorligi; -qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning bajarilishi; -huquqni qo‘llash (shu jumladan, inson huquqlari va intellektual mulk sohasida) amaliyoti; -ma’muriy tartib-taomillarga rioya etilishi va davlat xizmati ko‘rsatish holati; -tartibga solish ta’sirini baholash, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi faoliyati; -yuridik xizmat faoliyatini; -huquqiy targ‘ibotni amalga oshirilishini o‘rganish. Natijasi bo‘yicha tegishli chora ko‘rish hamda Adliya vazirligiga ma’lumotnoma kiritish. | oktabr | Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik ta‘minlash sho‘basi (Sh.Sharipov) | Mazkur sohada oxirgi uch yillikda o‘rganish va monitoring o‘tkazilmagan. Transport vazirligi huzuridagi transport nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari faoliyatining qonuniyligini o’rganish. | Transport vazirligi huzuridagi transport nazorati inspeksiyasi va uning hududiy bo‘limlari faoliyatida qonuniylikni ta’minlash. |
III. HUQUQIY AXBOROT VA PREZIDENT HUJJATLARI IJROSINI NAZORAT QILISH SOHASIDA | |||||
25 | Huquqiy targ‘ibot tadbirlarining samaradorligini baholash bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazish va natijalari asosida tahliliy ma’lumot tayyorlash | har chorak yakunida | Huquqiy axborot sho‘basi (B.Rahmonov) tuman (shahar) adliya bo‘limlari | O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari natijalari | Tadbirlarning aholiga ta’siri, qamrovi va sifati baholanib, keyingi davr uchun aniq takliflar ishlab chiqiladi |
26 | Ommaviy axborot vositalarida mutaxassislar ishtirokida huquqiy mavzularda teleko‘rsatuv, radioeshittirish va jonli muloqotlar tashkil etish | har oyda kamida 2 marotaba | Huquqiy axborot sho‘basi (B.Rahmonov) tuman (shahar) adliya bo‘limlari | Hududiy media-reja | Huquqiy axborotning keng auditoriyaga yetib borishi ta’minlanadi, fuqarolarning savollariga mutaxassislar tomonidan javob beriladi |
27 | Tadbirkorlik subyektlari uchun “Biznes va qonunchilikdagi yangiliklar” mavzusida ochiq muloqotlar tashkil etish | har chorakda kamida bir marotaba | Huquqiy axborot sho‘basi (B.Rahmonov) tuman (shahar) adliya bo‘limlari | Tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirish vazifalari | Tadbirkorlarga yangi talablar, imtiyozlar, litsenziyalash va davlat xizmatlari bo‘yicha tushuntirishlar beriladi |
28 | Buxoro viloyatining olis va chekka hududlarida sayyor huquqiy targ‘ibot va maslahat tadbirlarini o‘tkazish | har chorakda | Huquqiy axborot sho‘basi (B.Rahmonov) boshqarma tarkibiy bo‘linmalari, tuman (shahar) adliya bo‘limlari | Hududlarni manzilli o‘rganish natijalari | Huquqiy axborot bilan yetarlicha qamrab olinmagan hududlar aholisi uchun huquqiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi |
29 | Termiz tumani tajribasi asosida 2026-yil yakuniga qadar har bir hududda kamida 2 tadan ko‘rgazmali uchastkaga ega tajriba-o‘quv maydonchalarini tashkil etish, ularning samarali faoliyat yuritishini hamda belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan o‘rganish o‘tkazishni tashkil etish. | noyabr-dekabr | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari ijrosini nazorat qilish sho‘basi (S.Baqoyev) | Termiz tumanida joriy etilgan ilg‘or tajribani boshqa hududlarda ham keng tatbiq etish hamda tajriba-o‘quv maydonchalari faoliyatini samarali tashkil etish zarurati. | Har bir hududda ko‘rgazmali uchastkaga ega tajriba-o‘quv maydonchalarini tashkil etish, ularning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan tizimli nazoratni yo‘lga qo‘yish. |
IV. HUQUQIY XIZMAT VA YURIDIK XIZMATLAR FAOLIYATI MUVOFIQLASHTIRISH SOHASIDA | |||||
30 | Sudlar tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida bekor qilingan va haqiqiy emas deb topilgan notarial harakatlarni tahlil qilish. Natijasi bo‘yicha tegishli chora ko‘rish hamda Adliya vazirligiga ma’lumotnoma kiritish. | avgust | Notariat, advokatura va mediatsiya sho‘basi (A.Raxmonov) | Qonunchilikka ko‘ra Adliya vazirligi notariat to‘g‘risidagi qonunchilikka notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning ishlarini tahlil qiladi va umumlashtirishi belgilangan. | Notarial harakatlarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topilishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash, ularning oldini olish choralarini ko‘rish. |
31 | Qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan, litsenziya talablari va shartlariga, notarial harakatlar maxfiyligiga va notarius qasamyodiga rioya qilinishini quyidagi notarial idoralari tomonidan 2024-yil hamda 2026-yil o‘tgan davri davomidagi ish faoliyatida o‘rganish. Olot tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Murodova Oydina Sadullayevna; Buxoro shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Bozorova Dilobar G‘ayratovna; s) Buxoro shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Ashurov Baxodir Nizomovich; Buxoro shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Boboqulov Nodir Abdusattorovich; Romitan tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Ibrogimov Nurullo Nasulloyevich Natijasiga ko‘ra taklif kiritish. | avgust sentabr oktabr noyabr dekabr | Notariat, advokatura va mediatsiya sho‘basi (A.Raxmonov) | Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son qarori bilan tasdiqlangan “Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida Nizomi”ning 41-bandiga ko‘ra notariuslar ish faoliyatida rejali tekshirish uch yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. Notarius ish faoliyatini dastlabki tekshirish u ish faoliyatini boshlaganidan bir yil o‘tgandan so‘ng amalga oshiriladi. | Notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, notariat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, notarial harakatlar maxfiyligiga va notarius qasamyodiga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlash. |
32 | “Advokatura to‘g‘risida”gi, “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonunlar va boshqa shu sohadagi qonunosti hujjatlar ijrosini adliya boshqarmasidan ro‘yxatdan o‘tgan quyidagi advokatlik tuzilmalarida o‘rganish: “Zakonnaya I realnaya zashita” advokatlik byurosi “Advokat Mavlyanov Shavkat” advokatlik byurosi s) "BEXAS" advokatlik byurosi "IBROXIM STRATEGIYADA" advokatlik byurosi "Manzura Ro’ziyevna Fayziyeva" advokatlik byurosi Natijasiga ko‘ra taklif kiritish. | avgust sentabr oktabr noyabr dekabr | Notariat, advokatura va mediatsiya sho‘basi (A.Raxmonov) | “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida advokatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek advokatlik tuzilmalari tomonidan ta’sis hujjatlariga, ustavda belgilangan faoliyatiga, qayta ro‘yxatdan o‘tish va tugatish tartibiga rioya etilishini nazorat qilishi belgilangan. Mazkur tashkilotlar faoliyati oxirgi 3 yilda o‘rganilmagan. | Advokatlik tuzilmalar faoliyatini qonuniy amalga oshirilishini ta’minlash hamda tizimli qonun buzilish holatlarini bartaraf qilish. |
33 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-26-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida onlayn notarial xizmatlarning jami notarial harakatlarga nisbatan ulushini yil yakuniga qadar 30 foizga yetkazish. | avgust-dekabr | Notariat, advokatura va mediatsiya sho'basi (A.Raxmonov) | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-26-son Farmoni bilan aholiga notarial xizmatlarni onlayn tarzda ko‘rsatish ulushini 30 foizga oshirish belgilangan. Hozirda viloyatda onlayn notarial xizmatlarning jami notarial harakatlarga nisbatan ulushi 12,6 foizni tashkil qilmoqda. | Aholiga notarial xizmatlarni onlayn tarzda ko‘rsatish ulushini oshirish, notarial xizmatlardan foydalanishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish. |
34 | YXKMlar tomonidan huquqiy xulosalar berish jarayonini har oyda monitoring qilib, asossiz hamda yetarlicha asoslantirmasdan rad etish holatlariga yo‘l qo‘ygan markaz xodimlariga nisbatan qat’iy choralar ko‘rib borish. | har oyda | Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi (B.Saidov) | Biroq, ba’zi tuman (shahar) yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari bosh yuriskonsultlari tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarining hujjat loyihalari asossiz hamda yetarlicha asoslantirmasdan rad qilinmoqda. Bu esa tashkilotlar tomonidan qabul qilinadigan hujjat loyihalarining kechikishiga olib kelmoqda. | Mazkur yo‘nalishni monitoring qilish orqali kelib chiqqan va kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammoli holatlarni bartaraf etish hamda yuridik xizmat ko‘satish samaradorligini oshirish orqali ushbu yo‘nalishda bir xilda huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish. |
35 | YXKMlar tomonidan huquqiy xulosalar berish jarayonini har oyda monitoring qilib, berilgan ijobiy hamda salbiy xulosalarni qonuniyligi monitoring qilish, natijasi bo‘yicha hamda muddat buzilishiga yo‘l qo‘ygan markaz xodimlariga taklif kiritish. | har oyda | Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi (B.Saidov) | Biroq, ba’zi tuman (shahar) yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari bosh yuriskonsultlari tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarining qonun hujjatlariga zid bo‘lgan huquqiy hujjatlariga xulosalar berilmoqda. | Mazkur yo‘nalishni monitoring qilish orqali kelib chiqqan va kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammoli holatlarni bartaraf etish hamda yuridik xizmat ko‘satish samaradorligini oshirish orqali ushbu yo‘nalishda bir xilda huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish. |
36 | YXKMlar tomonidan hujjat loyihalariga xulosa berishning o‘rtacha vaqtini doimiy monitoring qilish orqali hujjat loyihasi kelib tushgan kunning o‘zida xulosa berilishi erishish. | har hafta | Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi (B.Saidov) | Ba’zi YXKMlar tomonidan hujjat loyihalariga xulosa berishning o‘rtacha vaqtini asossiz cho‘zish holatlari kuzatilmoqda. | Mazkur yo‘nalishni monitoring qilish orqali kelib chiqqan va kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammoli holatlarni bartaraf etish hamda yuridik xizmat ko‘satish samaradorligini oshirish. |
37 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror va boshqa shu sohadagi qonunosti hujjatlar ijrosini quyidagi tashkilotlarda o‘rganish: Buxoro viloyati Soliq boshqarmasi Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasi Вuхоrо viloyati Тrаnsроrt boshqarmasi; Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Buxoro viloyat boshqarmasi; Natijasiga ko‘ra taklif kiritish. | avgust sentabr oktabr noyabr | Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi (B.Saidov) | So‘nggi paytlarda tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yuridik xizmat xodimlariga nisbatdan PQ2733 qarorda ko’rsatilgan imtiyozlar va “ustama” qo’shimcha to’lovlar to‘lanmay kelayotganligi mazkur sohada faoliyat yuritayorgan kadrlarni asosli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. | Viloyatda mazkur yo‘nalish bo‘yicha tizimli muammolarni aniqlanadi va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi. |
V. DAVLAT XIZMATLARI SOHASIDA | |||||
38 | Buxoro viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ahvolini o‘rganish. | avgust-sentabr | Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sho‘basi (H.Tohirov) | Mazkur sohada vazirlik tomonidan o‘rganish va monitoring o‘tkazilmagan. | Mazkur tashkilotining faoliyati oxirgi 3 yilda o‘rganilmaganligi sababli ish rejaga kiritilmoqda. |
39 | Buxoro viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ahvolini o‘rganish. | oktabr-noyabr | Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sho‘basi (H.Tohirov) | Mazkur sohada vazirlik tomonidan o‘rganish va monitoring o‘tkazilmagan. | Mazkur tashkilotining faoliyati oxirgi 3 yilda o‘rganilmaganligi sababli ish rejaga kiritilmoqda. |
40 | “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy boshqamalari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ahvolini o‘rganish. | oktabr-noyabr | Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sho‘basi (H.Tohirov) | Mazkur sohada vazirlik tomonidan o‘rganish va monitoring o‘tkazilmagan. | Mazkur tashkilotining faoliyati oxirgi 3 yilda o‘rganilmaganligi sababli ish rejaga kiritilmoqda. |
41 | Quyidagi FHDY organlarining 2025-yilning ikkinchi yarmi va 2026-yilning o‘tgan davridagi faoliyatini, xususan davlat xizmatlarini ko‘rsatish va huquqni qo‘llash amaliyotini tekshirish. Qorako‘l tuman FHDY bo‘limi; -Buxoro tuman hamda Qorovulbozor tuman FHDY bo‘limlari; Jondor tumani FHDY bo‘limi; -Olot tuman hamda Shofirkon tuman FHDY bo‘limi; Buxoro shahar FHDY bo‘limi. Natijasi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish. | avgust sentabr oktabr noyabr dekabr | Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi (B.Djamolov) | Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktbyardagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”ning 222-bandiga asosan FHDY organlarining faoliyatini har ikki yilda tekshirishi lozim. | FHDY bo‘limlari faoliyatini qonuniy amalga oshirilishini ta’minlash hamda tizimli qonun buzilish holatlarini bartaraf qilish. |
42 | Viloyat miqyosida tadbirkorlik subyektlari – yuridik va jismoniy shaxslarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda muddat buzish, asossiz rad etish va ortiqcha hujjat talab etish holatlarini monitoring tartibida o‘rganish hamda natijasi tegishli choralar ko‘rish. | sentabr-oktabr | Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi (B.Djamolov) | Davlat xizmatlari markazlari orasida tadbirkorlik subyektlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda qonuniylikni mustahkamlash maqsadida ular faoliyatini doimiy nazorat qilish lozim. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan rad etilgan onlayn arizalar o‘rganilganda ayrim holatlarda asossiz rad etish holatlari aniqlangan. | Tadbirkorlik subyektlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda qonunbuzilishi holatlari oldi olinadi hamda kamayadi. |
43 | Situatsion markaz orqali Davlat xizmatlari markazida Reception faoliyatini nazorat qilish. Reception faoliayati yo‘l qo‘yilmagan Markaz xodimlariga nisbatan tegishli chora ko‘rish. | noyabr | Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi (B.Djamolov) | Adliya vazirligining 2025-yil 25-iyul 24/9-10716/8-son xatida Markazlar faoliyatini samarali tashkil etish, fuqarolarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish hamda yanada qulayliklar yaratish maqsadida “Reception” muntazam va samarali faoliyat yuritilishi ta’minlash belgilangan. | Aholiga dastlabki maslahat, davlat xizmatidan foydalanish uchun kerakli bo‘lgan hujjatlar yoki ma’lumotlar to‘g‘risida axborot (xabar) beruvchi “Reception” muntazam va samarali faoliyat yuritishi ta’minlash. |
44 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-26-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida FHDY organlari tomonidan onlayn tarzda ko□rsatiladigan xizmatlari ulushini 90 foizga yetkazish | iyul-dekabr | Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho'basi (B.Djamolov) | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-26-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida FHDY organlari tomonidan onlayn tarzda ko‘rsatiladigan xizmatlar ulushini ko’paytirish zarurligi. Hozirda FHDY organlari tomonidan onlayn tarzda ko‘rsatiladigan xizmatlar ulushi 61 foizni tashkil qilmoqda. | Aholiga FHDY organlari tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarni onlayn tarzda ko‘rsatish ulushini oshirish, xizmatlardan foydalanishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish. |
VI. INTELLEKTUAL MULK VA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLAR SOHASIDA | |||||
45 | Buxoro shahar hududida joylashgan savdo obyektlarida “Kontrafaktsiz hudud” aksiyasini hamkor tashkilotlar bilan tashkil etish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlarining noqonuniy muomalasini aniqlash hamda uning oldini olishga qaratilgan profilaktik va nazorat tadbirlarini o‘tkazish. | sentabr | Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sho‘basi (J.Abdurashidov) | Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish sohasida nazorat va profilaktika tadbirlarini kuchaytirish, kontrafakt mahsulotlar muomalasiga qarshi kurashish hamda intellektual mulk obyektlariga nisbatan qonuniy foydalanish muhitini shakllantirish zarurati. | Hududlarda kontrafakt mahsulotlarning muomalasini qisqartirish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlaming buzilishi holatlarining oldini olish, tadbirkorlik subyektlari hamda aholining intellektual mulk sohasidagi huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, qonuniy mahsulotlardan foydalanishni rag‘batlantirish hamda vakolatli organlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish. |
46 | Hamkor tashkilotlar bilan ta‘lim muassasalari va ijodiy uyushmalarda plagiatning oldini olish hamda mualliflik huquqlariga rioya etish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish. | oktabr | Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sho‘basi (J.Abdurashidov) viloyat OTMlari. | Ta‘lim va ilmiy faoliyatda akademik halollik tamoyillarini qaror toptirish, plagiat holatlarining oldini olish hamda yoshlar o‘rtasida mualliflik huquqlariga hurmatni shakllantirish zarurati. | Ta‘lim muassasalarida mualliflik huquqlariga rioya etish madaniyati shakllanadi, plagiat holatlari kamayadi, ilmiy va ijodiy faoliyatda qonuniylik tamoyillariga amal qilish darajasi oshadi. |
47 | Tadbirkorlik subyektlari va ishlab chiqaruvchilaming tovar belgilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ko‘maklashish, mavjud brendlaming huquqiy himoyasini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlami tashkil etish. | noyabr | Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sho‘basi (J.Abdurashidov) | Tadbirkorlik subyektlarining tovar belgilariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish, brendlami noqonuniy o‘zlashtirish va ulardan ruxsatsiz foydalanish holatlarining oldini olish hamda intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini rivojlantirishzarurati. | Tadbirkorlik subyektlarining tovar belgilariga bo‘lgan huquqiy himoyasi kuchaytiriladi, ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgilari soni oshadi, noqonuniy foydalanish va brendlami o‘zlashtirish holatlarining oldi olinadi. |
48 | Quyidagi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini o‘rganish: 1.O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi uyushmasi tuman (shahar) bo‘linmasi; 2.O‘zbekiston Qizil yarim oy Jamiyati buxoro viloyat va tuman (shahar) bo‘linmalari. Natijasiga ko‘ra tegishli taklif kiritish. | avgust-dekabr | Nodavlat notijorat tashkilotlar sho‘basi (A.Axmedov) | Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-avgustdagi 635-son qaroriga muvofiq ushbu tashkilotlarda oxirgi uch yil davomida o‘rganish o‘tkazilmagan. | Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati ustavda belgilangan maqsadlarga hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilinishi ta’minlanadi. |
Izoh:
Ish rejada nazarda tutilgan tadbirlar adliya boshqarmasining mavjud bino, moliyaviy mablag‘lari va moddiy-texnik vositalari doirasida amalga oshiriladi. Alohida resurslar talab qilinmaydi.
* Ish rejada belgilangan tadbirlar mazkur reja ilovasidagi jadvalga muvofiq tegishli baholash yo‘nalishi (raqami) bo‘yicha baholanadi. Mezon balini aniqlash ikkinchi ko‘rsatkichni (amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ko‘rsatkich miqdorini) mezon bo‘yicha maksimal ballgako‘paytirish, mazkur natijani birinchi ko‘rsatkichga bo‘lish orqali amalga oshiriladi. Bunda, agar ikkinchi ko‘rsatkich birinchi ko‘rsatkichdan katta bo‘lsa, ikkinchi ko‘rsatkich miqdori birinchi ko‘rsatkichga teng qilib olinadi .