Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2026-yil 9-oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan MA’LUMOT
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2026-yil yanvar–sentabr oylari davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar umumlashtirilib, tahlil qilindi.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2026-yil davomida jami 3 448 ta ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan.
Kelib tushgan murojaatlarning 3 046 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 1 900 tasi yoki 62 foizi qanoatlantirilgan.
Boshqarma rahbariyati va tuman (shahar) adliya bo‘limlari xodimlarining shaxsiy qabullarida 2026-yil 9-oyi davomida jami 1 651 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.
Shuningdek, boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joyida hal etish maqsadida I va II yarim yilliklar davomida jismoniy shaxslar hamda yuridik shaxslar vakillarini sayyor qabullarda qabul qilish jadvallari tasdiqlangan.
Tashkil etilgan sayyor qabullar jarayonida jami 968 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.
Shaxsiy va sayyor qabullarda qabul qilingan murojaatlar bo‘yicha 1 077 tasi qanoatlantirilgan, 489 tasi yuzasidan murojaat mualliflariga huquqiy tushuntirish berilgan hamda 75 tasi tegishliligi bo‘yicha vakolatli tashkilotlarga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.
Bundan tashqari, murojaatlarning ko‘rib chiqilish holati yig‘ilishlarda tanqidiy muhokama qilinib, bu borada natijadorlikni yanada oshirish choralari ko‘rib borilmoqda.
Boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga kelib tushgan hamda qanoatlantirilgan murojaatlar, shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida eng ko‘p uchrayotgan qonunbuzilishi holatlarining kelib chiqish sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar matbuotda va rasmiy veb-saytlarda keng yoritib borilmoqda.
Shuningdek, ijobiy hal etilgan va qanoatlantirilgan murojaatlar muntazam ravishda televideniye, radio, ijtimoiy tarmoqlar, bosma nashrlar va boshqa elektron ommaviy axborot vositalarida yoritib borilmoqda.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida jami 315 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 265 tasi hal etilgan bo‘lib, 103 tasi qanoatlantirilgan.
Notariat va advokatura organlari faoliyati sohasida jami 244 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 178 tasi hal etilgan.
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid jami 26 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 13 tasi huquqiy tushuntirish berish orqali hal etilgan.
Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid jami 39 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 32 tasi hal etilgan.
Boshqa sohalar bo‘yicha jami 276 ta ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan bo‘lib, ularning 215 tasi hal etilgan va 101 tasi qanoatlantirilgan.
Inson huquqlarini himoya qilish sohasida jami 2 039 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 1 771 tasi hal etilgan bo‘lib, 1 301 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 73 foizni tashkil etadi.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan 190 ta taqdimnoma va 74 ta da’vo arizasi kiritilgan hamda 709 million so‘m mablag‘ undirilishi ta’minlangan.
Mazkur sohadagi tahlillar murojaatlarning asosan ijtimoiy himoyaga oid qonunchilik ijrosi, mehnat nizolari, yer va uy-joyga oid qonunchilik masalalari yuzasidan ko‘pligini ko‘rsatdi.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid jami 509 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 473 tasi hal etilgan bo‘lib, 332 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 70 foizni tashkil etadi.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan 4 ta da’vo arizasi kiritilgan bo‘lib, 2,6 milliard so‘m mablag‘ undirilishi ta’minlangan.