BUXORO VILOYAT ADLIYA BOŞQARMASI VA TUMAN (ŞAHAR) ADLIYa BÖLIMLARI TOMONIDAN JORIY YIL III ÇORAGIDA AMALGA OŞIRILGAN IŞLAR
Murojaatlar bilan işlaş va sud-huquq yönalişi
Hisobot davrida adliya organlariga jami 3 448 ta murojaat kelib tuşgan. Ularning 3 046 tasi hal etilgan. Şundan 1 900 tasi qanoatlantirilgan, 1 146 tasi böyiça huquqiy tuşuntiriş berilgan, 220 ta murojaat esa tegişliligi böyiça yuborilgan.
Fuqarolar va taşkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qiliş maqsadida sudlarga jami 87 ta davo arizasi kiritilib, ularning umumiy summasi 3,2 milliard sömni taşkil etdi.
Qonun buzilişi holatlarini bartaraf etiş yuzasidan tasir çoralari ham qöllanildi. Xususan, taqdimnomalar asosida 390 ta holat böyiça 3,6 milliard söm mablağ tölab berilişiga erişildi. Şuningdek, 256 ta mamuriy taklif, 332 ta ogohnoma kiritildi. Mamuriy javobgarlikka 244 nafar, intizomiy javobgarlikka esa 43 nafar şaxs tortildi. Qonunçilikka zid bölgan 138 ta hujjat bekor qilindi.
Huquqiy tarğibot va aholining huquqiy madaniyatini oşiriş
Aholining huquqiy savodxonligini oşiriş, qonunçilikdagi yangiliklarni keng tuşuntiriş maqsadida jami 25 343 ta huquqiy tarğibot tadbiri ötkazildi.
Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali 9 596 ta material elon qilindi. Jumladan, televidenieda 329 ta, radioda 193 ta, gazetalarda 299 ta, elektron naşrlarda 567 ta va ijtimoiy tarmoqlarda 8 208 ta material joylaştirildi. Vazirlik va boşqarma tomonidan jami 101 ta videorolik tayyorlandi, şundan 20 tasi vazirlik, 81 tasi boşqarma hissasiga töğri keladi.
Bundan taşqari, 579 ta körgazmali va 15 168 ta oğzaki huquqiy tarğibot tadbiri taşkil etildi.
Davlat xizmatlari sohasidagi natijalar
Davlat xizmatlari sohasida jami 905 ta xizmat turi joriy etilgan bölib, şundan 530 tasi Davlat xizmatlari markazlari orqali körsatiladi. Hisobot davrida aholi va tadbirkorlik subektlariga 1 million 577 ming 722 ta davlat xizmati körsatildi. Ularning 1 million 125 ming 979 tasi, yani 71,4 foizi onlayn şaklda amalga oşirildi.
Tadbirkorlik subektlarini röyxatdan ötkaziş böyiça 13 340 ta subekt davlat röyxatidan ötkazildi. Şundan 9 789 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlar, 3 551 tasi yuridik şaxslardir. Şuningdek, 8 038 ta subekt qayta röyxatdan ötkazildi. Ixtiyoriy tugatilgan subektlar soni 2 231 tani taşkil etdi. Hisobot davrida 9 ta filial röyxatdan ötkazildi.
Sayyor tartibda 20 876 ta davlat xizmati körsatildi. Şuningdek, xizmatlar sifati va qonuniyligini örganiş maqsadida 58 ta “sirli mijoz” va reyd tadbiri ötkazildi.
FHDY va huquqiy xizmatlar sohasi
FHDY organlari tomonidan hisobot davrida 31 379 ta tuğiliş, 9 633 ta nikoh, 1 903 ta nikohdan ajraliş va 7 189 ta ölim holati qayd etildi. Şuningdek, 1 111 ta otalikni belgilaş hamda 146 ta farzandlikka oliş holati rasmiylaştirildi.
Huquqiy xizmatlar sohasida viloyatda xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi 62 nafar notarius faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan 242 666 ta notarial harakat amalga oşirildi. Şundan 43 452 tasi onlayn notarial harakatlar bölib, umumiy notarial harakatlarning 16,7 foizini taşkil qildi. Undirilgan davlat boji 92 milliard 443 million sömga etdi.
Notariuslar tomonidan 12 474 ta eskrou şartnomasi tuzildi. Şundan 5 817 tasi köçmas mulkni, 6 657 tasi avtomototransport vositalarini sotiş bilan boğliq. Şuningdek, 2 684 ta nikoh şartnomasi rasmiylaştirildi. Hisobotda notariuslar litsenziyasi amal qilişi töxtatilgan holatlar 25 tani taşkil etgan.
Advokatlik sohasida 247 ta advokatlik tuzilmasi faoliyat yuritmoqda, advokatlar soni 289 nafarni taşkil etadi. Hisobot davrida advokatlik faoliyati bilan şuğullaniş uçun 41 ta litsenziya berildi, 25 nafar advokatning litsenziyasi tugatildi.
Prezident hujjatlari ijrosi va intellektual mulk
Prezident hujjatlarida belgilangan topşiriqlar ijrosi doirasida 1 823 ta hujjat böyiça 17 417 ta topşiriq nazoratga olingan. Şundan 14 820 tasi bajarilgan, ularning 3 058 tasi keçiktirib bajarilgan. 2 508 ta topşiriq ijrosi davom etmoqda, 89 ta topşiriq bajarilmagan.
Intellektual mulk sohasida 281 ta obektning huquqiy himoyasi taminlandi. Kontrafakt mahsulotlarni olib qöyiş va yöq qiliş böyiça 24 ta çora körildi. 66 ta obekt kontrafaktsiz hudud deb etirof etildi. Jami 1 510 ta intellektual mulk obekti röyxatdan ötkazildi, 5 ta geografik körsatkiç davlat röyxatidan ötkazildi.
Nodavlat notijorat taşkilotlari va yuridik xizmat körsatiş
Viloyatda jami 724 ta nodavlat notijorat taşkiloti mavjud. Ularning 440 tasi davlat röyxatidan, 165 tasi hisob röyxatidan ötgan, 119 tasi diniy taşkilotlar hisoblanadi. NNTlar faoliyati yuzasidan 22 ta nazorat tadbiri ötkazildi.
Yuridik xizmat körsatiş markazlari tizimi orqali 436 651 ta hujjat loyihasi yuborildi. Ularning 388 708 tasiga ijobiy xulosa, 56 tasiga salbiy xulosa berildi. 47 887 ta hujjat loyihasi rad etildi. Hujjat loyihalarini körib çiqişning örtaça vaqti 1,84 soatni taşkil qildi. Taşkilotlar foydasiga 45 ta talabnoma va 47 ta davo işi kiritilgan.
ÖRQ–937-son Qonuni ijrosi va tölovga qobiliyatsizlik
ÖRQ–937-son Qonuni ijrosi doirasida jami 54 584 ta köçmas mulk böyiça jarayonlar amalga oşirildi. Jumladan, 12 236 tasi taşkilotlar xulosa beriş jarayonida, 712 tasi elonda, 12 579 tasi adliya organlarida xulosa beriş jarayonida bölgan. 296 ta holat Kadastrlar palatasiga qaytarilgan, 7 211 tasi tölov jarayonida, 1 587 tasi Kengaşda qaror çiqariş bosqiçida bölgan. 1 422 ta holat rad etilgan, 3 187 tasi tahrirlaşga qaytarilgan. 15 354 ta obekt böyiça qaror qabul qilingan.
Tölovga qobiliyatsizlik sohasida 200 ta xöjalik yurituvçi subekt bankrot deb topildi. Şundan 69 tasi böyiça tugatiş işlari yakunlanib, davlat reestridan çiqarildi, 13 ta subektning faoliyati tiklandi. 117 ta subekt böyiça tugatiş işlari davom etmoqda, 1 ta subektga nisbatan sud sanatsiyasi joriy qilindi.