Yangiliklar
Biz birgamiz
Inson - aziz, xotira - muqaddas
"Uch avlod uchrashuvi" ma`naviy-ma`rifiy tadbiri bo'lib o'tdi
2021 yilning aprel oyi uchun eng yaxshi xodim e`lon qilindi
Buxoro tumanida Xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo'yicha seminar tashkil etildi
Adliya - deputatga ko'makdosh
9 may – Xotira va qadrlash kuni
Vobkent tuman adliya bo'limi tomonidan joriy yilning 6 may kuni maktabgacha ta'lim tizimi hodimlari o'rtasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Tadbirda viloyat maktabgacha ta`lim boshqarmasi, tuman maktabgacha ta`lim bo'limi xodimlari va uning tizimidagi tashkilotlar direktorlari hamda tuman aholini bandligiga ko'maklashish markazi Davlat mehnat huquq inspektorlari ishtirok etishdi.

Mazkur targ'ibot tadbiri davomida adliya xodimlari tomonidan ishtirokchilarga korrupsiya va unga yo'l qo'ymaslik masalasi, qonunchilikda korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari ko'rgazmali, slayd va videoroliklar orqali tushuntirilib, maktabgacha ta`lim sohasini isloh qilishga oid, inson huquqlari, mehnat, murojaatlar to'g'risidagi qonunchiliklar va boshqa dolzarb, jumladan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi qonun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 martdagi PQ–5020-son qarori bilan tasdiqlangan “Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta`minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori va ishtirokchilarni qiziqtirgan boshqa dolzarb qonunchiliklar mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shu bilan birga tadbir davomida ishtirokchilarga yuqoridagi mavzularga oid targ'ibot materiallari tarqatilib, mavzuga oid slaydlar elektron variantda faoliyatlarida foydalanish uchun yetkazib berildi.
Vobkent tuman adliya bo'limi
Xotira – ajdodlarga yuksak hurmat va ehtirom ifodasi !
“ILMGA E’TIBOR - ELGA E’TIBOR YOXUD YOSH OLIMLAR BELLASHUVI”